Savol:
– Assalomu alaykum! Hozir aza bo’lgan uylarda dasturxon xuddi to’ylardagidek dabdabali qilib yozilib, kelgan odamga birinchi, ikkinchi taomlar uzatilmoqda. Ayollar aytishicha bulardan qancha ko’p yesa o’lgan odamga savob bo’larmish. Dasturxonda xamma narsa bo’lmasa, masalan, xuddi kelin o’lgan qaynonasini xurmat qilmagandek ko’rinadi. Ayollar gap so’z qilishadi. Iltimos shu haqda ham aytinglar.
Javob:
– Va alaykum assalom!
Shariat ko’rsatmalariga amal qilinmaganidan keyin shunday noqulayliklar bo’laveradi. Gohida o’sha vafot topganning uyiga borib odamlarning tomog’idan qanday qilib ovqat o’tayotganiga kishi xayron qolasan. O’sha ehson qiluvlarning juda ko’pi “Qilmasam odamlar ermak qilishadi, uyat bo’ladi va men ham kimlarnidir ehsonini yeganman” degan niyatda bo’ladi. Boruvchilar esa “O’zi vaqtim yo’q, ish ko’p qilmasa ham bo’laverardi, bormasam xafa bo’ladida” degan niyatda bo’ladi. Ehson qiluvchining ishi kichik shirk va riyo, yeb savobini bag’ishlovchiniki esa malollanish bo’ladi. Undan ko’ra ehsonni muhtojga qilib, xolis savobini marhumga bag’ishlish afzalroq emasmi. Vallohu a’lam!
manba: islom.uz