AQShlik fuqaro Rubik kubigini 3,13 soniyada yig'ib, jahon rekordini yangiladi

AQShlik Maks Park Rubik kubigini yig’ish tezligi bo’yicha yangi jahon rekordini o’rnatishga muvaffaq bo’ldi. 3x3x3 diagonalli mashhur o’yinchoqni yig’ish uchun u atigi 3,13 soniya vaqt sarfladi. Bu haqda mir24.tv xabar berdi.

Rekord o’rnatishdan oldan u rosa mashq qildi. Shundan so’ng, u o’ziga kerak bo’lgan jumboqni diqqat bilan o’rgandi va uni tezda hal qilish yo’lini ishlab chiqdi. Bir necha soniya ichida kubikni yig’ishga erishildi.

Bungacha 3x3x3 o’lchamdagi Rubik kubigini yig’ish bo’yicha jahon rekordi xitoylik Du Yuyshenga tegishli edi. Besh yil avval u kubikni 3,47 soniyada yiqqan edi. O’tgan yilning kuzida Maks Park beshta 3x3x3 o’lchamdagi kubikni yig’ish bo’yicha jahon rekordchisiga aylangandi.