Antitsiklon ba’zi hududlarimizda mavsum uchun g’ayritabiiy sovuqlikni taqdim etmoqda. Bu haqda mutaxassis Erkin Abdulahatov ma’lumot berdi.
Uning qayd etishicha, jahon iqlim modellaridan biri 13 oktyabr kuni respublikaning markaziy, qisman janubiy, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlari uchun o’rtacha sutkalik havo harorati shu kun uchun xos iqlimiy me’yordan (1981-2010 yillarga nisbatan) 8-10 darajagacha pasayib ketishini ko’rsatdi.
O’rtacha iqlimiy me’yor so’nggi 30 yillik o’rtacha qiymatga nisbatan olinishi inobatga olinsa, mazkur chetlashish taxminan 6-8 daraja past ko’rsatkichga mos tushadi.
Chunki, 1981-2010 yillik iqlimiy davrga nisbatan 1991-2020 yillardagi iqlimiy haroratlarda sezilarli farqlar (isish tomonga) mavjud.
Izohlarni ko`rish