Buxoro tumani “Rabotiqalmoq” mahallasida yashovchi fuqaro B.Q tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo’limiga xonadoniga antiqa qush kirib qolganligi to’g’risida telefon orqali murojaat qiladi.
Ekologlar va tuman IIB xodimlari hamkorlikda olib borilgan o’rganish ishlari natijasida bu boyo’g’li qushi ekanligi aniqlandi, deb xabar qildi Davlat ekologiya qo’mitasi.
Noyob qush Jayron pitomnigiga topshirildi, keyinchalik tabiat qo’yniga qo’yib yuborildi.
Izohlarni ko`rish