Antaliyaning tarixiy tumani Finike o’zining tabiiy go’zalligi, o’ziga xos oshxonasi va osoyishta hayot sur’ati bilan Xalqaro Cittaslow uyushmasiga kiritildi. Finike Xalqaro Cittaslow uyushmasi orqali o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra Turkiyadagi 22-sokin shahar sifatida qayd etilgan.
Antaliyaning sevimli shaharlaridan biri bo’lgan Finike, uch yildan ortiq vaqt davomida olib borilgan harakatlar va tekshiruvlardan so’ng, atrof-muhit, infratuzilma, shaharchadagi hayoti sifati, ijtimoiy uyg’unlik, mehmondo’stlik va boshqa mezonlarga javob bergani uchun Cittaslow ya’ni «sokin shahar» unvoniga loyiq deb topildi.
Go’zal Antaliyaning dam olish maskani: Finike
Finike, kichik shaharcha bo’lishiga qaramay, tarixi, tabiiy go’zalligi va gastronomik madaniyati tufayli O’rta yer dengizida mashhur sayyohlik maskani hisoblanadi. Antik davrda bu tuman Finik (Finikos) nomi bilan tanilgan va miloddan avvalgi 500 yillarda Finikiyaliklar tomonidan asos solinganligi aytiladi. Finike yillar davomida Likiya poytaxti Limira qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qiladigan port edi. Tarix davomida ko’plab sivilizatsiyalarga ega bo’lgan bu hududda ko’plab tarixiy binolar va eski shaharlarni topish mumkin. Masalan, Limira va Arikanda qadimiy shaharlari Finike tarixi haqida ko’proq ma’lumot olishingiz mumkin bo’lgan joylardandir.
Finike o’zining tabiiy go’zalligi, ko’rfazlari va sohillari bilan ham boshqalardan ajralib turadi. Finike oshxona madaniyati o’z mehmonlariga ajoyib gurmanlik tajribalarini taqdim etadi. Bu kichik shaharda mahalliy reseptlar bilan tayyorlangan O’rta yer dengizi baliqlarini yeyishingiz va go’zal manzaralardan bahramand bo’lishingiz mumkin bo’lgan restoranlar mavjud. Finikega tashrif buyurganingizda iste’mol qilinishi kerak bo’lgan lazzatlanishlardan biri bu Finike apelsini bo’lib, u o’zining xushbo’yligi, shirin ta’mi va sersuvligi bilan butun dunyoga mashhur.
Turkiyada sokin shaharlar soni ortib bormoqda
Cittaslow, italyancha «citta» va inglizcha «sokin» so’zlarining birikmasi «sokin shahar» degan ma’noni anglatadi. Cittaslow harakati 1999 yilda Italiyada boshlangan va Slow Food harakatini shahar sohasiga kengaytirish niyatida. Sekinroq sur’atda yashashga undaydigan va hayot sifatini oshiradigan Cittaslow harakati shaharning asl tuzilishi, me’morchiligi, an’ana va urf-odatlari, mahalliy taomlari va tarixiy o’ziga xosligi saqlanib qolsa, bunga erishiladi, deb hisoblaydi.
Rivojlanishning yangi modeli uchun kampaniya olib borgan Cittaslow harakati tezda butun dunyo bo’ylab kengaydi va munisipalitetlar qo’shilishi mumkin bo’lgan xalqaro tashkilotga aylandi. Cittaslow Assotsiatsiyasi a’zolari atrof-muhit, infratuzilma va Slow Food mavzulari uchun 72 mezonga javob berishlari va sokin shahar falsafasiga rioya qilishlari kerak.
2009 yilda Izmirning Seferihisar tumani Cittaslow uyushmasiga kiritilishi ortidan boshlangan va shakllana boshlagan Cittaslow Turkiya ro’yxati, yangi shaharlar qo’shilishi bilan o’sishda davom etmoqda. Finike, Ahlat, Akyaka, Arapgir, Eg’irdir, Focha, Go’kcheada, Gerze, Go’ynuk, Gudul, Halfeti, Iznik, Kemalie, Ko’yjeg’iz, Mudurnu, Pershembe, Shavshat, Seferihisar, Uzundere, Vize, Yalvach va Yenipazar Turkiyaning sokin shaharlari qatoridan o’rin olgan. Finikedan keyin Antaliyaning boshqa tarixiy tumanlari bo’lgan Elmali, Demre va Ibradini Cittaslow tarmog’iga kiritish uchun harakatlar allaqachon boshlanib ulgurgan.
Cittaslow xalqaro muvofiqlashtirish qo’mitasi 2023 yil 14-15 aprel kunlari Polshaning Reszel shahrida yig’ildi va Finike o’z tarmog’iga Turkiyaning yangi tumani sifatida qo’shildi.