Antaliyaning jonli tarixi: Kaleichi

Turizm markazi bo’lmish Antaliyaning chuqur ildiz otgan ko’hna va boy tarixini ochib beruvchi Kaleichi, qadimiy binolari, yunon, saljuqiy va usmonli me’morchiligi izlarini aks ettirgan uylari, manzarali daraxtlarga to’la tor ko’chalari bilan yilning har faslini ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantiradi.

Antaliya
Har yili millionlab sayyohlarni qarshi oladigan Antaliya o’zining tabiiy va tarixiy go’zalliklari bilan birga dengiz, quyosh va qum uchligi bilan sayyohlarni jalb qiladi.
Shahar markazida joylashgan, miloddan avvalgi IV asr oxirida boshlangan tarixiy o’tmishida, miloddan avvalgi II asr o’rtalarida Pergamon qiroli Attalos tomonidan port shahriga aylantirilgan tarixiy Kaleichi hududi Antaliyaning yuragi sifatida qaraladi.
1972 yilda “qo’riqlanadigan hudud” sifatida himoya ostiga olingan Kaleichining uzun va tor ko’chalari, devorlar orasidagi shahar va port manzaralari, yunon, saljuqiy va usmonlilarning izlarini o’zida aks ettirgan rang-barang uylari, me’morchiligi va dengizga qaragan ko’chalardagi tarixiy binolari bilan tashrif buyuruvchilarni o’tmishga tomon sayohatga yetaklaydi.
85 ta monumental bino, 6 ta masjid, 3 ta madrasa, 4 ta maqbara, 5 ta hammom, 56 ta qal’a va 456 ta fuqarolik arxitekturasi namunalari joylashgan Kaleichida antiqa buyumlar, gilam sotuvchi kichik do’konlar, kema portlari, shuningdek, mahalliy va xalqaro ta’mlarni tatib ko’rish mumkin bo’lgan bir qator restoranlari bilan ziyoratchilarga xizmat qiladi.

Sayyohlarning ilk tashrif buyurgan manzili – Kaleichi

Antaliyani targ’ib qilish jamg’armasi (ATAV) prezidenti Yeliz Gul Egening fikricha, mintaqaning shahar markazida ekanligi va borish oson bo’lgani uchun diqqatni tortgan.
Qal’a darvozasi yonida shaharning yana bir muhim ramzi bo’lgan Soat minorasi joylashgan. Milodiy IX asrda qurilgan va Abdulhamid II davrida soat minorasiga aylantirilgan asarda Rim, Saljuqiy, Usmonli va Jumhuriyat davrlarining izlari bor.
Kaleichi dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyuruvchilarni qabul qilishini ta’kidlagan Ege, shunday qo’shimcha qildi:
«Kaleichi – Antaliyaning gavharidir. 2 ming yildan ortiq tarixga ega va qadimiy binolari bugungi kungacha qoniqarli tarzda saqlanib qolgan. Tashrif buyuruvchilarning mahalliy va tarixiy imoratlarni ayni vaqtda topishlari mumkin bo’lgan shahardir. Ushbu muhit juda chiroyli fotosuratlar jamlanmasini to’plashga imkon beradi. Shu sababli Kaleichi dunyodagi eski aholi punkti sifatida qabul qilingan kam sonli joylardan biridir. Shahar markaziga qaraganimizda, Kaleichi sayyohlar tashrif buyuradigan asosiy diqqatga sazovor markaz hisoblanadi».