Mug’la va uning turistik tumanlarida ochilgan ko’plab sport tashkilotlari, madaniy tadbirlar va qadimiy shaharlar bilan yanvar-sentyabr oylari oralig’ida shaharga kelgan xorijlik sayyohlar soni 2 million 977 ming 427 nafarga yetdi.
Mug’la
Har yili ko’plab xorijlik sayyoh tashrif buyuradigan Mug’la, turli mamlakatlardan kelgan sayyohlar bilan bir qatorda mahalliy ziyoratchilar tomonidan ham qadrlanadi.
15 oktyabr kuni e’lon qilingan raqamlarga ko’ra, 2023 yilning 1 yanvaridan 30 sentyabrgacha shaharga 2 million 977 ming 427 nafar sayyoh tashrif buyurgan. Sayyohlar orasida 1 million 253 ming 679 kishi bilan inglizlar takroran birinchi o’rinni egalladi.
Mug’lada o’tkazilgan Prezidentlik Velosiped Turi, milliy va xalqaro yaxta poygalari, kanoe va eshkak eshish chempionatlari, yelkanli poygalar, O’lik dengizi havo o’yinlari va sport turizmi bilan bir qatorda, 23 xil hududda olib borilgan qazishmalar bilan ko’plab qadimiy shaharlar, xorijlik ziyoratchilarni kutib oldi.
Hokim Idris Akbiyik, AA muxbiriga bergan bayonotida, tarixiy, tabiiy go’zalliklari va madaniy xususiyatlarni o’zida mujassam etgan shaharning turizm nuqtai nazaridan ahamiyatli ekanini ta’kidladi.
Mug’laga tashrif buyurgan sayyohlarning 9 ta bojxona darvozasi va 2 aeroport orqali kirishlarini kuzatuv ostiga olgan Akbiyik, mintaqada turizm mavsumining davom etayotganini va shaharning faqat dengiz, qum va quyosh uchburchagidan iborat emasligini qo’shimcha qildi.
So’nggi yillarda Mug’lada turizm yanada rivojlanganligini, shu bilan birga madaniyat va sport turizmiga ham alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlagan Akbiyik: “Mug’la, tumanlari bilan birga turizm sektori juda rivojlangan shahardir. Turizmni har tomonlama yaxshilash ustida ishlayapmiz. Bugungi kunga kelib viloyatimizga kelayotgan xorijlik sayyohlar soni 2 million 977 ming 427 nafarni tashkil etmoqda. Bu ko’rsatgich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga o’sgan va umid qilamanki, yil oxirigacha 3 milliondan oshadi” – dedi.
U shaharga eng ko’p tashrif buyuruvchilarning Angliya, Germaniya, Rossiya, Gollandiya va Polshadan kelganini qayd etdi.
Mintaqaga havo va dengiz bojxona eshiklari orqali hamon sayyohlar oqimining davom etayotganini ta’kidlagan Akbiyik, yil oxiriga kelib, o’tgan yili Mug’laga kelgan sayyohlar sonidan sezilarli darajada ortishini aytdi.