Ana xolos! Ilon Maskning o'g'li jinsini o'zgartirdi va ayol kishi ismini oldi

Ilon Maskning o’g’li endi rasman ayol ismini oladi. Tegishli qaror sud tomonidan qabul qilindi.

Amerikalik milliarder Ilon Maskning o’g’li Ksave rasman Vivian Jenna Uilson ismli qizga aylandi. Bu haqda NBC News nashri xabar bermoqda..

Sud 18 yoshli yigitning ismi va jinsini o’zgartirish haqidagi iltimosini qanoatlantirdi.

Joriy yilning aprel oyida Ksaver Mask sudga murojaat qilib, uning jinsiga mos ravishda ismini o’zgartirishga ruxsat berishni talab qilgan edi.