«Sarvar Bahodirovdan shu masalada ortda qolibman», — deydi u
Jurnalist, teleboshlovchi Amirxon Umarov «Happy time» ko’rsatuviga bergan intervyusida qachon uylanishini ma’lum qildi.
Uning so’zlariga ko’ra, uylanish va farzandli bo’lish masalasida hamkasblari Sarvar Bahodirov hamda Jaloliddin Mirzayevdan ortda qolyapti. Teleboshlovchi 2022 yildagi eng katta rejasi oila qurish ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Amirxon Umarov bu gaplardan onasi juda xursand bo’lishini aytdi.
«Hozir bir narsani o’yladim. Siz, Sarvar va meni tenglashtiradigan bo’lsak, bir masalada ortda qolib ketibman. Bu uylanish va farzand ko’rish masalasi. Xudo xohlasa 2022 yilda shu masalada ham harakat qilaman. 2022 yildagi rejaning eng kattasi — to’y. Buni ko’rib oyim xursand bo’lgan bo’lsa kerak», — deydi u.