Pochettino «Manchester Yunayted»ni boshqarishi mumkin

«PSJ» bosh murabbiyi Maurisio Pochetino Angliya Premyer-ligasiga qaytishni istamoqda. Bu haqda «La Parisien» xabar berdi.

Ma’lum bo’lishicha, Pochettino «Manchester Yunayted»ni boshqarishni istamoqda. U haligacha jamoa rahbariyati bilan muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, argentinalik mutaxassis «qizil iblislar»ni boshqarish uchun asosiy da’vogar bo’lib turibdi.

Eslatib o’tamiz, Pochettino «Tottenhem»da ishlagan va undan keyin «PSJ» taklifini qabul qilgan holda Fransiyaga tashrif buyurgandi.