Shou biznes yulduzlari yashaydigan 5 ta hashamatli uy (foto)

Har birimiz uyimizni o’z didimiz bo’yicha bezaymiz. Kimdir hashamatli krovat va ipak matoli ko’rpada yotishni istasa, yana kimdir kamtargina yerga solingan to’shakda yotishni afzal biladi. Boshpana bo’lsa bo’ldida.

Quyida biz shou biznes yulduzlarining uylari haqida ma’lumot berib o’tamiz.

Riannaning Beverli-Hillzdagi hovlisi

Shou biznes yulduzlari yashaydigan 5 ta hashamatli uy (foto) Shou biznes yulduzlari yashaydigan 5 ta hashamatli uy (foto)

Ri-Ri nomini olgan hovli Beverli-Hillzda joylashgan. Unga uzoqdan qarasangiz, sahrodagi vohaga o’xshatasiz. Hovlidagi moviy rang suvli basseyn va uning atrofidagi dam olish kursilari haqiqiy kurort manzarasini beradi.

Riannaning Barbadosda ham yana bir hashamatli uyi bor

Shou biznes yulduzlari yashaydigan 5 ta hashamatli uy (foto) Shou biznes yulduzlari yashaydigan 5 ta hashamatli uy (foto)

Ledi Gaganing Mayamidagi uyi

Shou biznes yulduzlari yashaydigan 5 ta hashamatli uy (foto) Shou biznes yulduzlari yashaydigan 5 ta hashamatli uy (foto)

Ledi Gaganing uyi dengiz sohlillarida joylashgan. Biroq yulduzning bachkana ko’rinishi uning uyiga taalluqli emas. Uyning ichida mini kinoteatr, bouling yo’lakchasi va ko’ngil ochish uchun boshqa ko’pgina narsalar bor.

Juliya Robertsning Gavayadagi uyi 

Shou biznes yulduzlari yashaydigan 5 ta hashamatli uy (foto) Shou biznes yulduzlari yashaydigan 5 ta hashamatli uy (foto)

Uy tanlash jarayonida plyajga qaragan ajoyib 2 ta yonma-yon joylashgan hovli Juliya diqqatini tortdi. U ikkalasini ham sotib olib ularni bitta kompleks qilib birlashtirdi. Aktrisa atrof-muhit muhofaza qiluvchilardan bo’lgani uchun, bu prinsipini o’z uyida qo’lladi – uyning tomi ishlov berilgan shifer bilan yopilgan, polga esa ekologik bambuk yotqizilgan. Hovli hududida shuningdek tennis korti ham joylashgan.

Jon Travoltaning Floridadagi uyi

Shou biznes yulduzlari yashaydigan 5 ta hashamatli uy (foto) Shou biznes yulduzlari yashaydigan 5 ta hashamatli uy (foto)

Jon Travolta aviatsiyaning va samolyotlar bilan bog’liq barcha narsalarning ashaddiy ishqibozi. Tepadan qaralganda uning uyi aviaterminalga o’xshaydi. Hovlida joylashgan samolyot yo’lakchasi naq uyning oldigacha borgan.