Afrika qit’asi qadim-qadimlardan jodu va jodugarlikka ishonib, alohida e’tibor qaratib kelgan. Tarixiy ma’lumotlarda ta’kidlanishicha, odamzodning ilk ajdodlari aynan Afrika qit’asida tavallud topgan va keyinchalik o’zidan ko’payib, dunyoning turli burchaklariga tarqalgan. Nima bo’lganda ham bu qit’a o’zining jodugarlari, ins-jin, iblis yetagidagi, odam qiyofasidagi vahshiylari bilan ma’lum va mashhur.
Masalan, Afrikaning ba’zi qabilalarida bevaqt o’limni jodugarlik intihosi, egizaklar tug’ilishini ikkiga bo’lingan ruh deb hisoblashadi. Shuning uchun qabilada egizaklar dunyoga kelsa, qabiladoshlar iloji boricha tezroq ularni o’ldirish payiga tushishadi.
Vudu jodusi ham aynan shu qit’ada keng tarqalgan. Bu jodu ko’magida go’yo o’lganlarni tiriltirib, zombiga aylantirib, keyin qul sifatida dalaga olib chiqib ishlatisharmish…
Astag’firillo!..
JODU YoRDAMIDA ODAM O’LDIRISh
Yana tarixga murojaat qilamiz. O’tgan asrning boshlarida Nigeriyada janob X. Palmer degan qo’mondon bo’lgan. O’sha odam g’alati va sirli voqeani gapirib bergan ekan.
Bir kuni Ibi deyilmish hududda jodugarlar yosh yigit bevaqt va erta o’lim topishini aytishgan. Ammo bu yigit jodugarlarning gapiga e’tibor bermagan. Chunki u
jukunlar qabilasi yetakchisi, dahosiga aylanish orzusida yashayotgandi. Palmer bu voqealardan xabar topgan-u, shu yerga kelib yigitni o’ziga xizmatkor qilib olib ketgan. Afsuski, oradan hech qancha o’tmay, yigit kutilmaganda yerga yuztuban yiqilgan-u, olamdan o’tgan.
E. Digbi ismli vrach Palmerning iltimosiga ko’ra murdani yorib ko’rgan. Ammo yigitning organizmida qotillik yoki xastalik alomatlari ko’zga tashlanmagan. Shundan keyingina Palmer xizmatkori jodu yordamida o’ldirilganiga ishona boshlagan.
Bizning kunimizda ham Afrika jodugarlari orasida qotillikka qo’l urishdan tiyilmaydiganlari topiladi. Ular qo’li bilan emas, maxsus, hech kimga ma’lum bo’lmagan ichimlik tayyorlab, o’lishi zarur bo’lgan odamga ichirishadi. Oldin u ichimlik ta’sirida jodugarning quliga aylanadi. Hech bir buyrug’ini rad etmaydi. Lekin hech qancha o’tmay, yerga yuztuban yiqiladi-yu, jon taslim qiladi. Bu sirli ichimlikni Afrikada «Mayme» deb atasharmish. Shunga qaramay, hanuz ichimlik nimadan tayyorlanishi, qanday tayyorlanish sirini hech kim aniqlay olmaganmish.
JODU YoRDAMIDA O’Z JONIGA QASD QILISh
Afrikadagi alohida qabilalar o’z joniga qasd qilish tushunchasini juda xotirjam qabul qiladi. Bu qit’ada odamni jodulash yordamida o’zini o’zi o’ldirishga majbur etish mumkinmish.
Masalan, Nigeriya shimolida kannibalizm, ya’ni, odamxo’rlikka qarshi uzoq vaqt kurash olib borgan X. Bell ismli shaxs qo’l ostidagi askarlar bilan birga 40 nafar odamxo’r afrikalikni tutib oldi va Minna turmasiga qamadi. Ammo ertasi kundan aqlga sig’maydigan hodisa yuz bera boshladi. Har kuni turmaga qamalgan odamxo’rlarning bir nafardani sirli ravishda o’lim topa boshladi. Ikki-uch kun shu hodisa takrorlangach, Bell odamxo’rlarni qo’yib yuborishga majbur bo’lgan. Turma vrachi esa o’lganlarni tekshiruvdan o’tkazish davomida ular joniga kuchli jodu ta’sirida qasd qilinganini, o’limni xotirjam qabul qilganini aytib bergan ekan.
XOTIMA:
Xullas, Afrika qit’asi jumboqlarga to’la. Faqat… Bir haqiqatdan ko’z yumib bo’lmaydi.
Haqiqat shundan iboratki, neki voqea sodir bo’lsa, barchasi Ollohning irodasidir. Agar Yaratgan xohlamasa, jodugar tugul vallomati ham mo»jiza yarata olmaydi, insonlar taqdirini boshqa tarafga burib yubora bilmaydi. Bir so’z bilan aytganda, jodugarlar, folbinlar, tabib niqobi ostidagi firibgarlar iblisning yetagidagi xudo qarg’agan jonzotlardir. Astag’firillo!
esoreiter. ru