Misr poytaxti Qohiradagi hayvonot bog’laridan birining egalari eshaklarni zebralarga o’xshatib bo’yab qo’yishga qaror qildi. Bu tashrif buyuruvchilarni jalb etish maqsadida qilingan, deyiladi Extra News telekanali efiridagi ma’lumotda, deb yozmoqda kun.uz.
Ta’kidlanishicha, 9-sinf o’quvchisi Muhammad Sarxon bunday o’ziga xos ko’zbo’yamachilikni birinchi bo’lib payqab qoldi. U Xalqaro bog’ga tashrif buyurib, o’tkazilgan ekskursiya vaqtida «zebra»lardan birining ko’zi yonidan qora bo’yoq oqib tushayotganini ko’rib qolgan. Bola tasvirga olgan fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirdi.
Aniqlik kiritilishicha, hayvonot bog’i direktori volyerlardagi «zebra»lar haqiqiy ekanini iddao qilishda davom etyapti.
Izohlarni ko`rish