Nobel qo’mitasi adabiyot bo’yicha mukofot sovrindori nomini e’lon qildi. Unga ko’ra, bu yilgi mukofotni norvegiyalik yozuvchi va dramaturg Jon Fosse qo’lga kiritdi.
Uning ijodi Norvegiya Nynorsk tilida yozilgan va turli janrlarni qamrab olgan ulkan ijodi ko’plab pesalar, romanlar, she’riy to’plamlar, insholar, bolalar kitoblari va tarjimalaridan iborat.
Ma’lumot uchun, 6- oktyabr kuni tinchlik va 9 oktyabr kuni iqtisod bo’yicha Nobel mukofotlari topshiriladi.
Izohlarni ko`rish