— 10000 so’mlik pulni ehson qilsak rosa ko’pga o’xshaydi-yu, bozorda juda kamdek tuyuladi…
— Bir soatlik Allohning zikri juda uzoq cho’zilganga o’xshaydi-yu, televizor oldidagi bir soat sezilmay o’tib ketadi;
— Duo qilayotganda kerakli so’zlarni topolmay qiynalamiz-u, og’ayni-ulfatlar bilan gaplashganda so’zga chechan bo’pketamiz;
— Futbolda qo’shimcha vaqt kamroq berilsa, jahlimiz chiqadi-yu, Juma xutbasi ozgina cho’zilsa, shikoyat qilamiz;
— Qur’onning bir porasini o’qish rosa qiyin bo’ladi-yu, birorta romanning 100 betini bir pasda o’qib chiqamiz;
— Konsert zallarida odamlar birinchi qatorlardan joy olishga urinishadi-yu, masjidda oxirgi safga qochishadi;
— Qur’onning bir oyatini yodlash rosa mushkul bo’ladi-yu, bekorchi mish-mishlarni oqizmay-tomizmay tarqatib yuramiz;
— Oldi-qochdi gazetalarda yozilgan narsalarga ishonamiz-da, Allohning kalomi oyatlariga ishonishimiz qiyin kechadi;
— Ko’pchilik hech nima qilmay, hech narsaga ishonmay, Jannatga kirish istagida bo’ladi;