San’at ixlosmandlari, 8 mart kuni mashhur aktyor Abduraim Abduvahobovni ham tabriklab qo’yishni unutmang! Nega, deysizmi? Axir…
Taniqli o’zbek kino va teatr aktyori Abduraim Abduvahobov «Shum bola»dagi Qoravoy obrazi bilan yoshlik chog’laridanoq bizning qadrdonimizga aylanib ulgurgan. Aynan muhtaram «Qoravoy» 1963 yilning 8 mart kuni tavallud topgan. Shu bois bu kun taniqli aktyorimiz uchun ham o’ziga xos bayram.
Shuningdek, mazkur sanada bir qancha mashhur erkaklar dunyoga kelgan ekan. Quyida ularning nomlarini sanab o’tamiz.
1075 — Abulqosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy, alloma.
1714 — Karl Filipp Emmanuil Bax, nemis kompozitori.
1907 — Konstantin Karamanlis, grek siyosatchisi, Gretsiya prezidenti.
1945 — Mikki Dolenz, amerikalik aktyor, qo’shiqchi.
1952 — Vladimir Vladimirovich Vasyutin, rus kosmonavti.
1975 — Fardin Xon, hind aktyori.
1979 — Tom Chaplin, ingliz qo’shiqchisi.
Hamkasbimiz, ayni kunda “Andijonnoma” va “Ishonch” gazetalarida faoliyat yuritayotgan iste’dodli jurnalist Nurillo No»monovni ham 8 mart — tavallud kuni bilan samimiy qutlaymiz!
Bir so’z bilan aytganda, nishonlashga kayfiyat topa bilgan kishi uchun har kun bayram!
Mansur Jumayev
(“Hordiq plyus” gazetasi xazinasidan)