8 aprel – Xalqaro lo'lilar kuni

1971 yil London shahrida tashkil etilgan Butunjahon lo’li (sigan)lar kongressida ushbu etnik guruh an’ana va qadriyatlarini saqlab qolish maqsadida 8 aprel sanasini Xalqaro lo’lilar kuni sifatida nishonlash yuzasidan qaror qabul qilingan. Shundan buyon, ushbu sana dunyoning barcha hududlarida keng tarqalgan lo’li (sigan)lar etnik guruhlari tomonidan milliy bayram sifatida keng nishonlanib kelinar ekan.