Bugun, 6 may kuni Qozog’istonning Ostona shahrida bo’lib o’tayotgan 57-Xalqaro Mendeleev olimpiadasining yopilish va taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Bu yilgi olimpiadada dunyoning 21 davlatidan tashrif buyurgan 113 nafar iqtidorli o’quvchilar o’zaro kuch sinashishdi.
Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko’ra O’zbekiston o’quvchilari 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo’lga kiritishdi.
G’oliblar bilan tanishing:
1. Nazarov Azizbek – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o’quvchisi – oltin medal;
2. Mahmudov Abdulloh – Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o’quvchisi – oltin medal;
3. Dilmurodov Sohibjon – Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o’quvchisi – kumush medal;
4. Rahimov Daler – Buxoro shahridagi 35-maktabning 9-sinf o’quvchisi – kumush medal;
5. Karimov Azizbek – Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 11-sinf o’quvchisi – kumush medal;
6. Hafizov Azizbek – Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi 2-bosqich o’quvchisi – bronza medal;
7. Hakimova Shahzoda – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o’quvchisi – bronza medal.