Rossiya poytaxti Moskva shahrida havo harorati minus 24 darajadan ham pastlagan, deb xabar beradi «Meteonovosti» portaliga tayanib UzA.
«23 fevralga o’tar kechasi Moskva osmoni antitsiklon tufayli ochiq bo’lgan. Ertalab soat yettiga yaqin xarorat minus 24,1 darajagacha pastlagan. Bu joriy yilgi qishning eng sovuq kuni sifatida qayd etildi. Bundan avval eng ayozli kun 18 yanvarda kuzatilgan edi. O’sha kuni harorat minus 23,6 darajani ko’rsatgan», – deyiladi xabarda.
Moskva viloyatida harorat minus 30 darajagacha tushgani aytilmoqda.
Izohlarni ko`rish