Kasu Marsu pishlog’ini pishloq pashshasi (cheese fly) lichinkalari yordamida tayyorlashadi, tayyorlash jarayonida pekorino pishlog’i aynish darajasiga yetkaziladi, natijada nihoyatda yumshoq pishloq hosil bo’ladi. Dasturxonga pishloqni lichinkalar bilan tortishadi. Agar lichinkalar bezovta qilinsa, ular 15 santimetr balandlikka sakrab ketishi mumkin. Ajablanarlisi shuki, bu lichinkalar oshqozonda halok bo’lmay , bir necha kun yashashi mumkin. Natijada insonlarda qayd qilish, ko’ngil aynish, ichki qon ketishi va qorin og’riqlar kuzatiladi. O’lgan qurtlar bilan bu delikates pishloqni iste’mol qilganlar, hattoki, hayotdan ko’z yumishlari ham mumkin. Ammo Italiyada bu pishloqni sotib olish uchun ko’pchilik mo’may pulini sarflashga tayyor.