Britaniyaning Vanarama kompaniyasi tomonidan o’tkazilgan tadqiqot davomida odamlar harf-raqamli infekslardan ko’ra, ko’proq modellar nomini eslab qolishi ma’lum bo’ldi.
Foto: Vanarama
Britaniyaning Vanarama lizing kompaniyasi 500 kishi ishtirokida tadqiqot o’tkazib, qaysi avtomobil modellarining nomi — biror so’zdan iboratlarimi yoki harf-raqamli infekslar yaxshiroq yodda qolishini aniqladi. Misol sifatida britaniyaliklar duynoning eng mashhur 45 markasining 253 ta modeli nomlaridan foydalangan. Yakunda respondentlar Fiesta (Ford), Golf (Volkswagen) va XC90 (Volvo)ni eng yodda qolarli nom sifatida e’tirof etgan.
Bitta brend ichidagi modellarga kelinadigan bo’lsa, masalan, Ferrari misolida, so’rovnomadagilarning aksariyati Enzo, LaFerrari va California ko’proq yodda qolishini bildirgan, 812, 488 va F8 esa ro’yxat oxiridan o’rin olgan. Avtomobil ishlab chiqaruvchilar ko’pincha nom tanlashda geografik toponimlardan foydalanadi: masalan, Seat’ning bittadan boshqa barcha modellari Ispaniyadagi turli joylar sharafiga nomlangan. Qiziq jihati, Kia, aksincha, odatdagi nomlardan voz kechib, harf-raqamli infekslarga o’tmoqda.