KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Hayvonot bog’ida oxirgi gorilla o’ldi. Rahbariyat tomoshabinlar xafa bo’lmasliklari uchun bir talabani yollab gorillaning qafasiga kiritib qo’yishdi. Talaba ham gorilla kabi sakrar, baqirar, xullas, o’zini gorilladay tutardi. Bir payt sakrayverganidan muvozanatni yo’qotib sherning qafasiga uchib tushdi.

— Yordam beringla-ar! — qichqirdi talaba.

Qarasa, sher ohista qulog’iga shivirlayapti:

— Ovozingni o’chir, bo’lmasa, ikkalamiz ham ishdan ayrilamiz!

 

* * *

 

Restoranda.

— Ofitsiant, men ham hov anavi erkak yeyayotgan ovqatdan yeyishni istayman.

— Yaxshi, men hozir uni kimdir telefonga chaqirdi deb chalg’itib turaman. Siz tez boring-da, ovqatini yeb oling!

 

* * *

 

Bilasizki, badaningizning eng sezuvchan qismida ko’z joylashgan bo’ladi. Bizning laboratoriyamiz bu muammoni yechish yo’lini topdi. Endi istasangiz, ko’zlaringizni badandagi unchalik sezuvchan bo’lmagan joylarga o’rnatib qo’yishimiz mumkin.

 

* * *

 

— Dugonajon, bir narsaga tushunmayman: ilgari ayollar erkaklarning nimasiga uchishgan ekan-a?

— Qachon?

— Hali pul paydo bo’lmagan paytlarda.

 

* * *

 

O’quvchilar o’rmondan urush paytidagi partizanning kundaligini topib olishdi.

15 sentyabr.

«O’rmonchining chaylasini egalladik».

16 sentyabr.

«Nemislar bizni chayladan quvib chiqarishdi».

17 sentyabr.

«Biz nemislarni chayladan quvib soldik».

18 sentyabr.

«O’rmonchi kelib qolib nemislarning ham, bizning ham adabimizni berib qo’ydi».

 

* * *

 

Turmada bir-birini ko’rolmaydigan ikki mahbus uchrashib qolishdi. Biri sigir o’g’irlab, ikkinchisi, qo’l soati o’g’irlab qamalgan. Sigir o’g’irlagan kinoyali ohangda so’radi:

— Xo’sh, yangi soatimiz necha bo’libdi?

— Sigir sog’adigan payt bo’ldi.

 

* * *

 

Muallim imtihonda javob berolmayotgan talabaga hech bo’lmasa «uch» qo’yib berish uchun savolni osonlashtirdi.

— Xo’p, ayt, leksiyada nima haqida so’z borgandi?

Talaba jim.

— Mayli, leksiyani kim o’qigandi?

Talaba yana jim.

— Endi oxirgi savol: Leksiyani sen o’qiganmisan, menmi?

 

* * *

 

Konservatoriyada.

— Domla, men bilishni istardim. Ovozim hech narsaga yaramaydimi?

— Yaraydi. Masalan, uyingizga o’g’ri tushsa yoki yong’in chiqqanda asqotadi.

 

* * *

 

— Sen qanaqa baliq tutib olishni istarding?

— Baqlajon.

— Bunaqa baliq yo’q.

— Nega yo’q bo’larkan? Ikrasi bor-u, balig’i yo’q bo’larkanmi?

 

* * *

 

Tunda BELAZda «Zaporojes»ni bosib ketgan ikki gruzinni sud qilishyapti.

Sudya:

— Fuqaro Suxishvili, nega sizlar qarama-qarshi tomondan o’z yo’lida kelayotgan mashinani bosib, pachog’ini chiqarib yuboribsizlar?

Ikkinchi gruzin Genixsvalli sherigiga dedi:

— Men senga aytdim-ku, bu mashina deb! Sen bo’lsang, chelak, chelak deyaverding.