Bugun Qozog’istonning Qarag’anda viloyatidagi “Spassk” o’quv markazida “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlik musobaqasida g’olib bo’lgan o’quvchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Xalqaro yoshlar ishtirokida 17-23-iyun kunlari bo’lib o’tgan tadbir doirasida harbiy-amaliy ko’pkurash musobaqalari o’tkazilib, yigit-qizlar o’rtasida o’zaro do’stona raqobat muhiti yaratildi.
Jumladan, tadbir ishtirokchilaridan iborat
43 ta jamoa vakillari:
harbiylashgan estafeta,
arqon tortish,
qurolni noto’liq holda sochib-yig’ish,
ommaviy qirg’in qurollaridan himoyalanish vositalaridan foydalanish,
pnevatik miltiqda o’q otish,
turnikda tortilish hamda intellektual savodxonlik va badiiy havaskorlik yo’nalishlarida o’zaro kuch sinashishdi.
Musobaqalar yakuniga ko’ra:
Qozog’iston terma jamoasi — I o’rinni,
O’zbekiston terma jamoasi — II o’rinni,
Ozarbayjon terma jamoasi esa III o’rinni egalladi.