* * *

Katta ko’chada bir bolakay yig’lab turardi. Militsioner kelib so’radi:

— Nega yig’layapsan?

— Adashib qoldim.

— Uy manzilingni bilasanmi?

— Ha.

— Qani, ayt-chi!

— Dada. Oyi. Ru.

— Ie, g’alati ekan-ku manziling!.. Isming nima o’zi?

— Adminstrator.

* * *

Teatr. Tomoshabinlar o’z joylarini egallashmoqda. O’rindiqlardan birida erkak oyoqlarini qo’shni o’rindiqqa, qo’llarini yana boshqa bir o’rindiqqa qo’yib olgancha o’tirardi. Joy egasi kelib dedi:

— Kechirasiz, bu joy meniki edi. Oyoq-qo’llaringizni yig’ishtirib olasizmi?

Jimlik.

— Menga qarang, joyni bo’shating!

Jimlik.

Joy egasi uning yoqasidan g’ijimlab baqirdi.

— Vey, eshityapsanmi? Joyni bo’shat dedim! Qaerdan kelib qolding o’zi sen yaramas?

Erkak sekin ko’zlarini ochdi-da, bazo’r shivirladi.

— Balkondan tushdim…

* * *

Yigit qizga dedi:

— Yur, biznikiga borib choyxo’rlik qilamiz!

— Istamayman.

Yigit uzoq vaqt yalingach, qiz rozi bo’ldi. Ular dorixona yonidan o’tib borishayotganda qiz dedi:

— Yuring, dorixonaga kirib chiqaylik!

— Nega?

— Choyga qo’shib ichishga biror narsa olardik.

* * *

Endigina harbiy bilim yurtini tugatgan leytenant xizmat boshlashi kerak bo’lgan harbiy qismga kelib komandirga raport beryapti:

— O’rtoq polkovnik! Leytenant Kurochkin xizmatni boshlash uchun yetib keldi!

— Tanishib qo’yaylik, leytenant! Men polkovnik Kuroedovman!

* * *

Keksa baliqchi qarmoqni bir tashladi, oltin baliq tutib oldi. Ikki tashladi, yana oltin baliq tutib oldi. Qarmoqni uchinchi marotaba tashlaganda esa ulkan qayiq ilinib chiqdi va baliqchi qonunbuzarlarga qarshi kurashuvchi xizmat xodimlarining uchta tilagini bajarishga majbur bo’ldi.

* * *

Bo’ri echki kiyimini kiydi-da, echkilar yashaydigan uy oldiga kelib eshik ortidan qichqirdi:

— Echkichalarim! Bolajonlarim! Onangiz sizlarga sut olib keldi!

Echki bolalari ichkaridan turib baravariga baqirishdi:

— Vey, itdan tarqagan! Nega yolg’on gapirasan-a? Onamizni yaqindagina non olib kelish uchun do’konga jo’natganmiz!

* * *

Aytishlaricha, dunyoda eng baxtli, hamma narsasi yetarli ayol ham kunlarning birida o’zicha o’ylarkan:

— Eh, atirgullarni judayam sevaman! Lekin erim qachon qarasa, boychechak sovg’a qiladi-ya!

* * *

Nikoh bu xuddi baland devorli qal’aga o’xshaydi. Tashqarida turgan odam bir umr ichkariga kirishni, ichkarida turgani esa, tashqariga chiqishni orzu qiladi.

* * *

— Menga qara, xotining protivogaz kiyib olgan bo’lsa, u bilan birga uxlash senga yoqadimi?

— Albatta.

— Sabab?

— Birinchidan, u gapirmaydi. Ikkinchidan, men uning basharasini ko’rmayman. Uchinchidan, mabodo protivogazning teshikchasini sekin yopib qo’ysam, o’zi qimir-qimir qilib bo’ynimga osila boshlaydi.

* * *

— Og’ayni, mendan «Ishlaring qalay?», deb so’rasang-chi!

— Xo’sh, ishlaring qalay?

— E-e-e!.. So’rama!..

Olimjon HAYIT tayyorladi