* * *
Besh yashar bolakay buvisidan so’radi:
— Buvijon, o’zingiz mustaqil ovqat yeya olmaysizmi?
— Voy, nega unday deyapsan? Bu gapni qaerdan olding?
— O’tgan gal biznikiga kelganingizda, dadam «Yana qaynonam keldi, tag’in bir hafta uni boqarkanman-da», degandi.
* * *
Erkak tanishiga dedi:
— Xotinim jonga tegdi. Egovlagani egovlagan! Nima qilishniyam bilmay qoldim.
— Menga o’xshab yo’l tut, qulog’ing tinchiydi-qoladi.
— Sening yo’ling qanaqa?
— Xotinim baqirsa bir marta arzirli javob qaytaraman, vassalom! Shu zahoti chakagi o’chadi.
— Qanaqa javob bo’ldi u?
— Mana, masalan, yaqinda u «Nega oshxonadagi idishlar yuvilmabdi?», deb baqirgandi, men «O’chir chakagingni! Men hali pollarni yuvib bo’lganim yo’q!», dedim.
* * *
Rossiya armiyasi. Ayollar kazarmasi. Polkovnik kazarmaga kirib kelayotib serjantni to’xtatdi va so’radi:
— Serjant Ivanova, nega polkovnikka chest bermadingiz?
— Kechirasiz, men allaqachon general Chumakovga chest berib bo’lganman.
* * *
— Do’xtir, mening kasallik varaqamdagi tashhis degan joyga «NXB» deb yozib qo’yibsiz. Bu nima degani?
— Umi? «Nimaligini Xudo biladi» degani.
* * *
Erkak avtohalokatga uchrab, quloqlari uzilib tushdi. Kunlarning birida plastik jarroh qabuliga keldi-da, dedi:
— Avariya bo’lganimda ikkala qulog’im ham uzilib tushgan. Iltimos, menga yangi quloq o’rnating!
— Bizda erkaklar qulog’i yo’q. Faqat ayollarniki bor.
— Baribir, o’rnatavering!
Jarroh erkakka ikkita quloq o’rnatib kuzatib qo’ydi. Ikki haftadan keyin ko’rsatishga kelgandi, jarroh undan so’radi:
— Xo’sh, yangi quloqlar qanday eshityapti?
— Eshitishiga gap yo’q, do’xtir! Ammo gapirayotgan odam nima demoqchiligini anglay olmay halak bo’lyapman.
* * *
Ota beshinchi sinfda o’qiydigan o’g’lidan so’radi:
— Bolam, «ikki» baholaringni qachon tuzatasan-a?
— Dada, o’zim ham har kuni harakat qilyapman. Lekin muallimimiz sinf jurnalini nuqul yonida olib yuradigan bo’lgan!
* * *
2- sinfda o’qiydigan bolaning onasi shu sinfda o’qiydigan boshqa bolaning onasidan so’radi:
— Siz matematikadan uy vazifasini bajardingizmi?
— Ha, bajarib bo’lganman.
— Iltimos, mengayam berib turing, ko’chirib olay!
* * *
Er xotinidan so’radi:
— Nega mening ko’ylagim haliyam yuvilmabdi?
— O’sha ko’ylak savilni o’zingiz yuvib qo’ysangizam kamayib qolmasdingiz.
— Ie, bu nima deganing? Kir yuvish ayollarning ishi!
— Hecham-da! Bu dunyoda ayol va erkakning huquqi teng. Iltimos qilardimki, men bilan xuddi shuni hisobga olgan holda gaplashsangiz!
— Shunaqami? Bo’pti, sen aytgandek gaplashaman! Xotin, qani, yur!
— Qayoqqa?
— Do’kondan pianino opkeldim. Ikkinchi qavatga opchiqishvorasan!
* * *
Erkak do’stiga maqtanyapti.
— Mening qizim mashhur fotomodelga aylandi.
— O’, zo’r-ku! Hozir qaerda qizing?
— Dubayda. Paranjini reklama qilyapti!
* * *
Er ishdan kelib ichkariga qadam qo’yishi bilan xotini dedi:
— Dadasi, men bugun sizni judayam baxtli qilaman!
— Rostdanmi? Rahmat senga, azizam! Ammo bilib qo’y, men seni so’nggi nafasimgacha judayam sog’inib yashayman!
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit