KUN KULGISI…

* * *

Bobo nevarasidan so’radi:

— Xo’sh, bugun maktabda necha baho olding?

— O’n ikki.

— Ie, qanday qilib?

— Matematikadan uch, ona tilidan bir, musiqadan besh va ingliz tilidan uch baho oldim. Shularni qo’shsa o’n ikki bo’ladi, bobo.

* * *

— Dada, «Abadiy yasha, abadiy ilm o’rgan!» degani bu aqllilik belgisimi?

— Ha, o’g’lim. Nega so’rayapsan?

— Meni yana beshinchi sinfda qoldirishdi.

* * *

Er ishdan qaytgach, xotiniga dedi:

— Xotinjon, men ichishni tashladim.

— Nima? Nega tashlaysiz? Endi meni kim «go’zalim» deb erkalaydi?

* * *

Fil yangi shimini yo’qotib qo’ydi va o’rmonni kezib barcha hayvonlardan surishtirdi. Hech kim olmagan. Bir mahal chumolinikiga borsa, shimi o’sha yerda yotibdi. Fil chumoliga dag’dag’a qila ketdi:

— Yaramas, nega shimni o’g’irlading?

— Fil aka, bir marta kiyib ko’rish gunohmi?

* * *

Yangi yilning ertasi kuni bolakay do’konga kelib sotuvchidan so’radi:

— Non yangi kelganmi?

— Yo’q, o’tgan yili kelgan.

* * *

O’g’ri do’stiga hasrat qilyapti:

— Halollik baribir bir kunmas bir kun o’zini oqlarkan.

— Nega?

— Yaqinda birovning itini o’g’irlab bozorga olib chiqqandim. Hech kim olmadi. Shunda vijdonim qiynalib itni egasiga olib borgandim, u menga yuz dollar cuyunchi puli berdi.

* * *

Er-xotin sud orqali ajrashishyapti. Ammo uch farzandni o’zaro bo’lisha olmay halak.

Xotin:

— Menga ikkitasi, sizga bittasi.

Er:

— Yo’q, menga ikkitasi, senga bittasi.

Oradan bir soat o’tgach, toqati toq bo’lgan xotin dedi:

— Bo’pti, yuring uyga ketamiz! To’rtinchi farzandimiz tug’ilsin, ana undan keyin tinchgina ajrashaveramiz.

* * *

O’g’ilchasi otasiga chizgan suratini ko’rsatdi.

Ota:

— Hm-m… Mening suratimni chizdingmi, o’g’lim? Barakalla! Ie, nega kal boshimni sariq rangga bo’yading?

— Kal boshlarning rangini topa olmadim.

* * *

Jinni gilamlar do’koniga kelib sotuvchiga dedi:

— Menga uzunligi ellik metr, eni bir metrlik gilam kerak.

Sotuvchi talabni ado etdi.

Jinni:

— Endi buni bir metrdan qilib qirqing!

— Ie, jinnimisiz?

— Ha, jinniman. Mana, hujjatim ham bor.

* * *

Vrach qabuliga kelgan ikki qariya suhbatidan:

— Vrachlarning yozib bergan dorisiga sira tushunib bo’lmaydi.

— Bu yaxshi-ku!

— Nimasi yaxshi?

— Masalan, men vrach yozib bergan dori qog’ozi bilan bir yil avtobusda bepul yurdim, yarim yil bepul teatr tomosha qildim.

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t.me/olimjonhayit