Haqiqiy hangomaning bundan battari bo'lmaydi…

* * *

Kotiba dugonasiga shikoyat qilyapti:

— Boshlig’imiz meni bo’g’ib o’ldirmoqchi shekilli.

— Bu gapni qaerdan olding?

— Ishga kech qolgan kunlarim nuqul xodimlardan «Bizning Dezdemona qani?» deb so’rarmish.

* * *

Dorixona rahbari amaliyot o’tayotgan shogirdiga dedi:

— Agar mijoz olib kelgan reseptni o’qishga qiynalsang, manavi shishadagi doridan bergin!

* * *

150 ga kirgan tog’lik qariyadan so’rashdi:

— Uzoq umr ko’rgan odam uchun eng yoqimsiz holat nima?

Qariya o’ylab turdi-da, javob qildi:

— Chevaralaringning qanday qarishini kuzatish.

* * *

Ko’p gapirib hammani bezor qiladigan besh yashar bolakay otasidan so’radi:

— Dada, meni laylak olib kelganmi?

— Yo’q, seni qarg’a qo’lidan tushirib yuborgan.

* * *

Er qovog’ini uygancha xotiniga dedi:

— Mana shu… Bahorni ko’rishga ko’zim yo’q.

— Voy, nega?

— Chunki sen bilan tanishganman.

* * *

Er qorong’i uy ichiga chopib kirdi-da, xotinidan bo’sa oldi. Xotini ham unga javoban bo’ynidan mahkam quchdi. Shundan so’ng er so’radi:

— Xo’sh, mo’ylovimni oldirganim senga yoqdimi?

Xotin:

— Voy sho’rim, sizmidingiz?

* * *

Erkak tanishiga dedi:

— Biz xotinim bilan maktabdalik paytlarimizda tanishganmiz… U farrosh, men qorovul bo’lib ishlardim.

* * *

Starshina rotaga dedi:

— Saflan! To’g’rilan!

Shu payt saf orasidan kimdir luqma tashladi:

— O’rtoq starshina, yer yumaloq-ku!

— Bu gapni kim aytdi?

— Galiley.

— Galiley, safdan chiq!

— U allaqachon o’lib ketgan.

— Serjant, nega askarlaringiz o’ladi-yu, menga xabar bermaysiz?

* * *

General kazarmaga kirib qarasa, polda sigaret qoldiqlari sochilib yotibdi. U askardan so’radi:

— Bu sigaret qoldiqlari kimniki?

— O’rtoq general, hech kimniki emas. Bemalol olib chekavering!

* * *

Ofisda.

— Vey, uyg’onsang-chi, tushlik bo’ldi!

— Mensiz boraveringlar! Bugun tushliksiz ishlashga qaror qilganman.

* * *

Erkak do’stiga dedi:

— Xotinim suvarakka o’xshaydi.

— Nega?

— Menga ozaman deb va’da bergandi. Endi faqat kechasi men uxlaganimdan keyin ovqatlanadigan bo’libdi. To’satdan chiroqni yoqsam, jonholatda muzlatkichning orqasiga berkinib oladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t.me/olimjonhayit