«Lavash yoqdimi, pari?..» (Zamonaviy latifa)

Kecha bozorga bordim, aylanib yurib bir qizni yoqtirib qoldim.

Cho’ntagimdan 10 000 so’mlikni chiqarib, ustiga telefon nomerimni yozib, bu pul sizdan tushdi, deb pulni qizga berdim.

Qiz pulni olib ketdi.

Orqasidan kuzatib bordim.

Yo’lda bir lavashchidan o’sha pulga lavash oldi.

Mayli pulimdan ayrildim, bu muammo emas. Muammo shundaki, lavashchi ertalabgacha: «Lavash yoqdimi? Lavash sizga ma’qul bo’ldimi?» deb SMS yozaverib jonimdan to’ydirvordi.

«Lavash yoqdimi, pari?..» (Zamonaviy latifa)

«Facebook»dagi «Mehribonlarim» guruhidan.

«Lavash yoqdimi, pari?..» (Zamonaviy latifa)
loading…