BI-IR KULIShMAYMIZMI, TOG'A?..

 

* * *

 

Kinoteatrda. Kelishgan qiz film so’ngida jazmanini otib qo’ydi va qichqirdi:

— Endi nima qilama-an?..

Shu payt zalda o’tirganlardan biri gap qistirdi:

— Nima qilarding? Qurolingni tozalab omborga topshirasan-da!

 

* * *

 

Tug’ruqxonada bir chaqaloq tug’iliboq qichqira boshladi:

— Menga o’n ikkinchi darajali matematik masalani yechishga imkon bering!

Hamma qo’rqib ketdi. Shunda jarroh dedi:

— Kelinglar, miyasining yarmini kesib olamiz!..

Kesib olishgach, chaqaloq yana qichqirdi:

— Menga oltinchi darajali matematik masalani yechishga imkon bering!..

Jarroh uning miyasini tag’in yarmidan kesib oldi. Chaqaloq qichqirishda davom etdi:

— Menga uchinchi darajali matematik masalani yechishga imkon bering!

Shunda jarroh chaqaloqning miyasini butkul olib tashladi.

Chaqaloq:

— Rota, uyg’on!!!

 

* * *

 

Uchuvchi qarib olamdan o’tgach, uni darhol do’zaxga tashlashdi. Uchuvchini qizigan qozon ustiga o’tqazishdi. Indamay o’tiraverdi. Ostidan olov yoqishdi. Yana indamadi. Qaynagan suvga solib ko’rishdi. Jimlik. Shunda so’rashdi:

— Nega shuncha kuydirsak ham miq etmaysan?

— Chunki, men bir umr Arktika ustida parvoz qilganman. Endigina badanim qiziy boshlayapti.

 

* * *

 

Nevropotolog huzurida.

— Hayotingiz davomida sira g’azablanganmisiz?

— Ha, bir kuni ko’z oldimda kompyuterni toza spirt bilan artishganida o’zimni tutib tura olmaganman.

 

* * *

 

Psixiatr mijozdan so’radi:

— Demak, har kuni kechasi sizning tushingizga dahshatli mahluq kirib baqiradi va boshingizga o’qlog’ bilan uradi, shundaymi? Balki, uyg’onganingizdan so’ng u yo’qolib ketayotgandir?

— Yo’q-da, do’xtir! Ertalab u tepamga keladi-da: «Ishyoqmas, latta, qani, tez turib bolalarni bog’chaga olib bor!» deb baqira boshlaydi.

 

* * *

 

— Do’xtir, mening kasalim g’alati. Men o’zimga o’zim xat yozadigan bo’lib qoldim.

— Xo’sh, oxirgi xatni qachon jo’natdingiz?

— Bugun ertalab.

Nima deb yozdingiz o’sha xatda?

— Hozircha bilmayman. Xat qo’limga kelib tegsin!

 

* * *

 

— Do’xtir, qulog’imda kartoshka o’sib chiqyapti!

— Ha-a… Qiziq… Rostdan ham…

— Do’xtir, axir men kartoshkamas, rediska ekkandim-ku!

 

* * *

 

Vrach hamshiradan so’radi:

— Sizga oltinchi palatadagi bemordan qon oling degandim. Oldingizmi?

— Ha, qoni roppa-rosa besh yarim litr ekan.

 

* * *

 

Domla:

— O’tiring, «besh»

— Domla, balki «uch» bilan chegaralanarmiz-a?

— Yo’q, faqat «besh»!

— Hech bo’lmasa «to’rt» bo’lsin!

— Menga qarang, o’rtoq talaba, agar shu bugunoq besh shisha «Baltika» olib kelmasangiz, ertagayoq harbiy komissariatga jo’natib yuboraman.

 

* * *

 

— Qishloqda yashagan paytimda bir voqea sodir bo’lgandi!

— Gapning indallosini gapir!

— Xullas, qizim uch yoshga to’ldi.

 

loading…