— O’rtoq komandir, televizor ko’rsak bo’ladimi?
— Ko’ringlar. Faqat yoqmanglar.
***
Yarim tun, soat 2:00.
Telefon qo’ng’irog’i jiringlab, narigi tomondan «Nega shu mahalda uxlamayapsan?» degan savolni eshitib aqldan ozay dedim.
Menga qo’ng’iroq qilgan odam shu savolni o’ziga ham berib ko’rganmikin?!
***
— Internetga kirib «Chiroyli, aqilli, qaddi-qomati kelishgan, mehribon qiz bilan tanishmoqchiman» deb yozib o’tirsam, bir zumda orzuimdagi go’zal orqamga kelib qolibdi. Faqat qo’lida o’qlov bilan kompyuterimga qarab turgan ekan…
***
Haydovchilik guvohnomasiga o’qiyotgan bir yigit o’qituvchiga savol beribdi:
— Qizil chiroqda chorrahani kesib o’tsa bo’ladimi?
O’qituvchi ham charchab, asabi buzilib turgan ekan:
— Ha bo’ladi. Faqat ikkala qo’lingni ko’tarib o’tishing kerak, – debdi.
— Nega aynan qo’lni ko’tarish kerak, – desa, o’qituvchisi:
— O’lganingdan keyin yechintirish oson bo’lishi uchun, – dermish.