Haqiqiy hangomaning bundan battari bo'lmaydi…

 

* * *

Bolakay otasidan so’radi:

— Dada, qishda laylaklar issiq o’lkalarga uchib ketishadimi?

— Ha.

— Unda men yanvar oyida qanday tug’ilganman?

* * *

Yodgorlik qarshisida bir arman yigit turib olgancha so’zlanardi:

— Eh, qanday chiroyli arman-a! Juda yosh ketibdi bechora!

— Qanaqa arman? Bu, axir, Pushkin-ku!

— Nega Pushkin bo’larkan? Ana, yozib qo’yishibdi: «GAZON ZASEYaN»

* * *

Radiodagi eshittirishdan:

— Endi, bank xodimlari uchun ishlab chiqarishda asqotadigan jismoniy mashqlarni boshlaymiz! Qani, o’rtoqlar, oyoqlar yelka kengligida bo’lsin, qo’llaringiz bilan boshingizni quchib devorga yuzingiz bilan o’giriling!

ARMAN RADIOSIGA MUHIM SAVOLLAR:

* * *

— Savolga savol bilan javob qaytaradigan odamni kim deb atash kerak?

— Undaylar yo juhud, yoki imtihon topshirayotgan talaba bo’lsa kerak.

* * *

— Ayolning ko’richagi qay tomonida bo’ladi?

— Kiraverishdan chapda.

* * *

— Qaysi ovqat umuman kaloriyasiz hisoblanadi?

— Ko’z bilan yeyiladigani.

* * *

— Yemaydi, ichmaydi, lekin o’sishdan to’xtamaydi. Bu nima?

— Narx-navo.

* * *

— Nega Avstraliya itlari dunyoda eng tez yuguradigan itlar hisoblanadi?

— Chunki, Avstraliyada daraxtlarning oralig’i boshqa davlatlardagiga nisbatan uzoq.

* * *

Kameraga yangi mahbusni olib kirishdi. U boshqa mahbuslarga dedi:

— Qo’rqmanglar, men bu yerda ikki haftagina yashayman xolos.

— Nima sababli qamalding?

— Xotinimni onasi bilan birga so’yib tashladim.

— Shunga ikki haftagagina qamashdimi?

— Yo’q, ikki haftadan keyin meni osishadi.

* * *

Bir yigit kechasi katta ko’chada ketayotgandi. Ro’parasidan devday erkak chiqib muloyim ohangda so’radi:

— Oshna, soat necha bo’ldi?

— O’n ikki.

— O’ soating zo’r-ku, qani, buyoqqa cho’z!..

— Voy-do-od! Yordam beringlar-a-ar!..

— Ie, hali tishlaring ham tillamidi?

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t. me/olimjonhayit