Vrach:
— Mana sizga semirishga qarshi dori. Idishda uch yuz dona dori bor. Lekin ularni ichishingiz shart emas.
— Ichmasam, semirib ketaveraman-ku!
— Semirmaysiz. Har kuni uch mahal dorilarni polga to’kib, qaytadan idishga solasiz. Qarabsizki, tez orada semirish balosidan qutulasiz.
Botanika darsida. O’qituvchi o’quvchilardan olmani qachon terish kerakligini so’radi.
Birinchi o’quvchi:
— Avgustda.
Ikkinchi o’quvchi:
— Sentyabrda.
Toshmat:
— Bog’dagi it zanjirga bog’langan vaqtda.
Chukcha katta bir shaharga bordi. Qarasa, yuqoriga juda chiroyli soat ilib qo’yishibdi. Mahliyo bo’lib turgandi, bir erkak kelib undan so’radi:
— Yoqdimi?
— Yoqdi.
— Unda o’n ming dollar ber, sengayam xuddi shunaqa soat olib beraman.
Chukcha o’n ming dollar berdi. Erkak ketdi va qaytib kelmadi. Aldanganini sezib qolgan chukcha uyga kelib, ukasiga bo’lgan voqeani aytib berdi.
Endi ukasi o’sha shaharga borib, soatga mahliyo bo’lib turdi. Oldiga yana o’sha erkak kelib so’radi:
— Yoqdimi?
— Yoqdi.
— O’n ming dollar ber, men hov anavi yoqdan sengayam xuddi shunaqa soat olib kelib beraman.
Chukcha o’n ming dollarni berdi-da, dedi:
— Chukcha ahmoq emas. Sen shu yerda turasan, men o’zim o’sha yoqdan soatni olib kelaman.
— Toshmatvoy, mana bu topishmoqni top-chi! Hamma narsani bilib, ko’rib, eshitib turadi. U kim?
— Qo’shnimiz Orzi xola.
Erkak qo’shnisinikiga kirsa, tuxumni g’alati tarzda qovuryapti. Oldida uchta plita. Tuxum solingan idishni goh unisiga, goh bunisiga qo’yadi.
— Qo’shni, tuxum qovurishning yangi usulini topdingizmi deyman? — so’radi u.
— E, qanaqa usul? Mont±r yaramas mening uyimga svetoforning tokini ulab ketibdi.
— Farzinisa, dugonajon, ering bilan shuncha yildan beri yashaysan-u, biror martayam janjallashmadilaring. Buni qanday tushunsa bo’ladi?
— Bilasanmi, biz o’sha paytlarda nikohdan o’tgach, otda uyga qaytganmiz. Ot bir marta qoqilib ketdi. Erim: «Bir», dedi. Ot ikkinchi marta qoqildi. Erim: «Ikki», deb qo’ydi. Ot uchinchi marta qoqilgandan keyin «Uch», dedi-yu, miltig’ini olib otib tashladi. Shunda otga rahmim kelib: «Xo’jayin, ot juda aqlli edi. Nega o’ldirdingiz?» deganimni bilaman, u qovog’ini uyib, «Bir», deb qo’ydi.