* * *
Uy egasi ijarada turish uchun kelgan erkakka tushuntirayapti.
— Bu xona juda yaxshi. O’rug’. Sizgacha bir ximik yigit turardi.
— Anavi shiftdagi qizil dog’ nimaniki?
— Nimanikimas. Bu o’sha ximik yigitning o’zi.
* * *
— Bobo, Leningradni nemislar qamal qilishganda non bo’lmagan ekan. To’g’rimi?
— Ha, bolam, o’sha paytlarda non yo’qligidan sariyog’ni kolbasaga surtib yeganmiz.
* * *
Chukcha o’g’il ko’rdi. ZAGSda undan so’rashdi:
— Chaqaloqning familiyasi qanday bo’ladi?
— Yukagir.
— Ismi-sharifi?
— Mitrofan Stepanovich.
— Millati?
— Xitoy.
— Ie, siz chukcha bo’lsangiz, nega o’g’lingiz xitoyi bo’ladi?
— Gazetada yozishibdi. Dunyoda tug’ilayotgan har uchinchi farzand xitoyi bo’larkan.
* * *
Restoranda o’tirgan sevishganlarning biri ikkinchisiga dedi:
— Siz shunday asalsizki… Yeb qo’ysam-da hozir sizni!..
Ularni kuzatib turgan ofitsiant sekin yaqin kelib so’radi:
— Kechirasizlar, bir-birlaringni yegandan so’ng ustidan biror nima ichasizlarmi?
* * *
— Hoy yigit, siz jinnixonada qorovul bo’lib ishlarkansiz. Ustingizdan kulishmaydimi?
— Bo’lib turadi. Lekin Napoleoniniyam, Lenininiyam so’kib tashlay oladigan odamga kulish ta’sir qilarmidi…
* * *
«Radiotovarlar» do’konida.
— Ayting-chi, sizlarda yaponcha ekranli televizorlar bo’lib turadimi?
— Ha.
— Qani, ko’rinmayapti-ku!
— Hozir ular Yaponiyada.
* * *
Sartarosh eski tanishining sochini olayotib so’radi:
— Sochingiz to’kilib ketyapti ekan. Asrab qolish uchun biror yo’lini o’ylab topmadingizmi?
— Topdim, yaqinda xotinim bilan ajrashaman.
* * *
Besh yashar bolakayning otasi ikkinchi marta uylandi va bir kuni undan so’radi:
— O’g’lim, yangi onang yoqdimi senga?
— E, dada, sizni aldashibdi.
— Nega?
— U sirayam yangiga o’xshamaydi.
* * *
Ota o’g’liga dedi:
— Esingda bo’lsin, aqlli odam hamisha har bir narsaga shubha bilan qaraydi. Aqlsizlar esa hamma narsaga ishonib ketaverishadi.
— Ishonchingiz komilmi?
— Albatta.
* * *
Erkak daryodan oltin baliq tutib oldi.
— Oltin baliq, men zavodim, hashamatli uyim va ajoyib mashinam bo’lishini xohlayman.
— Og’ayni, aytganlaringni kreditga olasanmi, lizinggami?
— Vey, sen jahlimni chiqarding. Demak, mening talabimni bajarmaysan. Shundaymi?
— Yuqoridagilarning birini tanlasang bas, bajaraman.
— Bo’pti, unda sen ham menga ayt, seni o’simlik yog’ida qovuraymi, yo sariyog’dami?
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit