Vrachning eshigi taqilladi. Eshikni ochsa, ro’parasida skelet turibdi. Vrach o’zicha g’udrandi:
— Doim shunaqa, mana shu ahvolga tushguncha uyda o’tirishadi-da, keyin meni qidirib qolishadi.
***
Xotin eriga dedi:
— Azizim, ertaga turmush qurganimizga o’n yil to’ladi. Balki, qo’y so’yarmiz-a?
— Qo’y?! Qo’yning nima gunohi bor?
***
Kampir ko’chada bolalar aravachasini ko’rdi-yu, engashib dedi:
— Voy, bu bolajonlarning shirinligini! Ikkalasiyam o’g’ilmi?
Aravacha egasi — qo’shni ayol dedi:
— Yo’q, chapdagisi o’g’il, o’ngdagisi esa qovun.
***
Bir boyvachcha do’stiga dedi:
— Ishonasanmi, kecha meni DAN xodimi to’xtatib, besh yuz dollar jarima yozdi.
— Jarima? Nima uchun?
— Mashinamdagi xavfsizlik yostiqchasi kirlanib qolganmish.
Izohlarni ko`rish