* * *
Yo’lovchi styuardessadan so’radi:
— Singlim, biz parvozdamiz-u, nega samolyot chayqalyapti? Tinchlikmi?
— Biz parvozdamasmiz. Havo yaxshimas, shuning uchun ucha olmadik. Lekin biz yo’lovchilarimizni manziliga yetkazib qo’yishga mas’ulmiz. Manzilgacha 100 kilometr yo’l bosishimiz kerak. Yo’llarimiz esa o’nqir-cho’nqir. Shuning uchun siqilmang, biz manzilgacha shunday chayqalib ketishga majburmiz.
* * *
Beshinchi sinfda o’qiydigan bolakay hovlidan turib ichkaridagi onasiga qichqirdi:
— Oyi, ertaga maktabda ota-onalar majlisi bor ekan! Borasizmi?
— Yo’q, bormayman.
— Ie, nega?
— Bilaman senlarning ota-onalar majlisingni! O’sha pulga bozorga borib senga kiyimlar sotvolamiz!
* * *
Xotin eridan so’radi:
— Dadasi, birinchi kun uchrashganimiz esingizdami? Kechasi birdan momoqaldiroq gumbirlab, ketidan chaqmoq chaqib, keyin do’l yog’gandi. Esladingizmi?
— Ha-a, esladim. Ammo o’shanda qo’riqchi farishtam har yo’liga olib ogohlantirgan ekan-u, men ahmoq payqamabman.
* * *
Vrach asta palata eshigidan ichkariga mo’raladi. Qarasa, og’ir bemorning tepasida xotini o’tiribdi. Bemor nuqul uni erkalayapti:
— Go’zalim! Sen dunyoda yagonasan! Sochlaring xuddi majnuntolni eslatadi. Lablaring g’unchaning o’zi. Yuzlaring oyni xijolatga qo’ya oladi!..
Vrach asta ichkariga kirdi-da, ayoldan so’radi:
— Bemorning alahlay boshlaganiga ko’p bo’ldimi?
* * *
Uylanganiga bir yil bo’lgan yigit kelinga baqirdi:
— Sen menga xiyonat qilding. Ko’nglim sezyapti!
— Bu noto’g’ri!
— Hov o’sha taksichi bilan bekitiqcha uchrashgansan!
— Mana bu gapingiz umuman noto’g’ri!
* * *
Ruslarning qadimiy qishloqlaridan biriga gruzin mehmon bo’lib keldi va uy bekasidan so’radi:
— Kechirasiz, xonim, siz ruslarda eri ichmaydigan ayollarni nima deb atashadi.
Ayol kulimsirab javob berdi:
— Beva, mullaka, beva!
* * *
Boyvachcha xotiniga qo’ng’iroq qilib so’radi:
— Onasi, qaerdasan?
— Qaerda bo’lardim? Mashinamdaman. Meni tramvay ta’qib qilyapti! Qaerga qochishni bilmayapman!
— Relsdan mashinangni tushir! Keyin navigatorni yoq!
— Navigatorni yoqolmayman!
— Nega?
— Uni ishdan bo’shatdim!
* * *
Militsiya tezkor guruhining ikki vakili boshlig’iga qo’ng’iroq qilib hisob beryapti:
— Falon ko’chada jinoyat sodir etildi! 37 yoshli erkakning boshiga xotini o’n marta kapgir bilan zarba bergan!
— Sababi nimaykan?
— Eri hozirgina yuvilgan, hali qurimagan polga poyafzalini yechmay chiqib qo’ygan ekan. Uni kasalxonaga olib ketishdi!
— Xotinini qo’lga oldilaringmi?
— Qo’lga olmadik!
— Nimaga?
— Pol haliyam qurigani yo’q!
* * *
Erkak do’stiga dedi:
— Bolaligimda qorni juda yaxshi ko’rardim. Hozir esa jinimdan yomon ko’raman. Nega shunday?
— Chunki bolaligingda hozirgiday mashinang bo’lmagan.
* * *
Avtobusda.
— Og’ayni, qo’lingiz mening kissamda nima qilyapti?
— Gugurt izlayapti.
— So’rasangiz berardim-ku o’sha gugurtni!
— So’rashga uyaldim-da!
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit