* * *
— Do’xtir, men sog’ emasman!
— Sog’ bo’ling! Navbatdagi, kiring!
* * *
Mijoz ofitsiantdan so’radi:
— Manavi tovuqli ovqatingiz nimadan tayyorlangan?
— Shefimizning mashinasi urib ketgan tovuqdan.
* * *
Baliqchi oltin baliq tutib oldi va tilagini aytdi:
— Men kichkinagina zavodim, hovlim, mashinam bo’lishini istayman.
— Bularni kreditga olmoqchimisan yo ijaragami?
— Nima?! Unda sen ham tanla, seni sariyog’da qovuraymi yo o’simlik yog’ida maza qilasanmi!
* * *
Bugungi ishni ertaga qo’yma! Yaxshisi, indinga qoldir. Shunda sening ixtiyoringda ikki kun bo’sh vaqt bo’ladi. (Dangasaning maslahatidan)
* * *
Gruziya armiyasi. Starshina askardan so’radi:
— Oddiy askar Givishvili, nega menga salom bermadingiz?
— Uxlab qolibman, shekilli.
— Ha, mayli, men bo’lsam hurmat qilmaysizmi, deb o’ylabman.
* * *
— Xolajon, manavi qandni yeng!
— Voy, rahmat, bolajon!
— Mazalimi?
— Ha.
— Qiziq, nega unda mushugim bilan itim tupurib tashlashdiykin?
* * *
Ota uch yashar o’g’ilchasi bilan gaplashyapti:
— Xo’roz qanday gapiradi?
— Qu-qu-qu-uq!
— Sigir-chi?
— Mo’-o’-o’!
— Cho’chqacha-chi?
— Xayrli tun, bolalar!
* * *
Erkak Sochiga keldi. Plyajda o’tirsa, badanlari oftobda kuygan kimsa undan so’radi:
— Buncha oppoqsan? Qaerliksan?
— Chukotkalik.
— Nima, sizlarda yoz bo’lmaydimi?
— Bo’ladi. Faqat men o’sha kuni ishda edim.
* * *
Evreydan so’rashdi:
— Nega yevreylar savolga savol bilan murojaat qilishadi?
— Sizga buni kim aytdi?
* * *
Gruzin baliq sotyapti. Xaridor so’radi:
— Baliq yangi kelganmi?
— Ha.
— Nega unda qimirlamayapti?
— Uxlayapti.
— Nega bo’lmasa ko’zlari yumuq?
— Uxlayapti dedim-ku!
— Nega sassib ketibdi?
— Vey, uxlaganda kim o’zini nazorat qilib tura oladi-a?
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit