Nikoh to’yida kuyov jo’ra so’zga chiqib debdi:
— Do’stim, sen uylanayotgan qizni men umuman bilmayman. Shuning uchun seni tabriklay olmayman…
Lekin men kuyov bolani juda yaxshi bilaman. Shuning uchun kelin bola afsus, sizni hecham tabriklay olmayman.
***
Bir yigit traktor parkiga ishga kirish uchun sinov-imtihon topshirayotgan ekan. Savollarga javob bera olmagach, direktorni jahli chiqib:
— Siz o’zi traktor minganmisiz? – desa, yigit:
— Ha, albatda minganman! – debdi.
— Qanaqa traktor mingansiz? – desa:
— Qizil traktor minganman, – debdi.
***
Muddatli harbiy xizmatga yangi chaqirilgan oddiy askar chodirli shaharcha yo’lagi bo’ylab ketar ekan, yonidan o’tayotgan generalga harbiycha salom bermay o’tib ketibdi. Hayron bo’lgan general askarni to’xtatibdi.
— Mening kimligimni bilasizmi, o’rtoq oddiy askar?!
— Hoy, yigitlar! — qichqiribdi yosh askar, chodirli shaharchaga qarab, — Bu yoqqa kelinglar, maza qilasizlar. Mana bu qariya o’zining kimligini esidan chiqarib qo’yibdi.
***
Nikoh – shunday voqeaki, undan so’ng erkak gul sotib olishni to’xtatib, oziq-ovqat sotib olishni boshlaydi.