* * *
Ayol katta ko’chaga chiqib baqirdi:
— Odamlar, yordam bering! Sher qafasidan chiqib ketib, erimga tashlandi! Hozir tilkalab tashlaydi erimni! Kirish haqi 5 dollar!!!
* * *
Besh yashar bolakay otasi bilan hayvonot bog’idagi sher qafasi yonida turardi. Bolakay so’radi:
— Ota, mabodo sher qafasdan chiqib sizga tashlanib qolsa, uygacha nechanchi avtobusda yetvolay?
* * *
Erkakka do’stlari «ARA» zotli to’tiqush sovg’a qilishdi. Juda chiroyli ekan-u, ammo yomon so’kinarkan.
— Onangniyam, xotinchangniyam, amma-xolangniyam…
Erkakning joniga tegdi. To’tini oldi-da, muzlatkichga solib qo’ydi. Taxminan o’n besh daqiqadan so’ng muzlatkich eshigini ochgandi, to’tiqush chiqib keldi va dedi:
— Kechirasan, ahmoq ekanman! Adashdim!.. Onangniyam, xotinchangniyam, amma-xolangniyam…
Erkak joni chiqqudek bo’lib endi to’tini muzlatkichga qaytadan qamamoqchi bo’lgandi, u qo’shib qo’ydi:
— Onangniyam, xotiningniyam, amma-xolangniyam… Juda hurmat qilaman!
* * *
Ayol ishxonasida kech qolib ketdi. Yarim kechasi avtobusdan tushib qolgach, qabristonni tikkalab uyiga yetib olmoqchi bo’ldi. Ammo qabristonga kirishi bilan qo’rqqanidan a’zoyi badani titray boshladi. Shu mahal qarama-qarshi tarafdan begona erkak unga yaqinlashib keldi. Ayol undan uyigacha kuzatib qo’yishini so’radi. Erkak rozi bo’ldi. Uyiga yetib kelgach, ayol dedi:
— Rahmat, aka! Judayam qiziqchi, ochiq ko’ngil odam ekansiz!
— Ha, to’g’ri, lekin men tirikligimda bundanam qiziqchiroq edim!
* * *
Xotin eriga dedi:
— Azizim, balki bir-birimizga xiyonat qilib ko’rarmiz? Shunda birgalikdagi hayotimiz ahillikda kecharmidi…
— Foydasi yo’q, men bu usulni bir necha o’n martalab qo’llab ko’rganman!
* * *
Evrey ulfatlar bilan qarta o’ynab kissasidagi 100 dollar pulini yutqazib qo’ydi va ulfatlarga dedi:
— Jo’ralar, iltimos, pulimni qaytarib beringlar! Hozir uyga borsam, xotinim kallamni oladi 100 dollar yutqazganim uchun! Iltimos, shafqat qiling, pulimni qaytarib bering!
Ulfatlar yevreyga rahmi kelib pulini qaytarib berishdi. U esa yana yalina boshladi:
— Iltimos, yana 50 dollar beringlar! Xotinim pul yutganimni eshitsa, xursand bo’ladi!
* * *
Bir umrga qamalgan mahbus kameradoshiga dedi:
— Bir umrlik qamoq muddati tez o’tib ketishi uchun kameraga internet o’rnatish kerak!
* * *
Xotin kompyuter o’ynayotgan erining tepasiga kelib dedi:
— Jonim, menam yarim soat o’ynay!
— Insofing bormi o’zi, xotin? Ayt, pol yuvayotganingda, oshxonada ovqat pishirayotganingda, tepangga borib menam pol yuvay, menam ovqat pishiray deb seni xit qilmayman-ku!
* * *
Erkak vrachga dedi:
— Xotinimning qulog’i kar bo’lib qoldi.
— Uni mening huzurimga olib keling. Men dori yozib beraman, ichsa ikki-uch kunda tuzalib ketadi.
— Buning iloji yo’q. Chunki, yo’ldan o’tayotganda mashina signal bersa eshitmaydi. Halokatga uchrasa, men nima qilaman keyin.
— Unda sizga maslahat. Oldin o’n qadam nari borib baqiring, eshitmasa, to’qqiz, yana eshitmasa, sakkiz… Xullas, necha qadamdan eshitsa, o’sha raqamni qog’ozga yozib keling, shunga qarab davolash usulini belgilaymiz.
Er uyga kelgach, o’n qadam nari bordi-da, bor ovozda baqirdi.
— Xotin, kechqurunga nima ovqat qilding?
Jimlik.
Er to’qqiz qadam nari borib baqirdi:
— Xotin, kechqurunga nima ovqat qilding?
Yana jimlik.
Shu ko’yi baqira-baqira oxiri bir qadam naridan turib so’nggi marotaba baqirdi:
— Xotin, kechqurunga nima ovqat qilding deb so’rayapman?!
— Voy, men sizga o’ninchi marta aytyapman, kechqurunga palov bo’ladi, palov!
* * *
Xaridor:
— «Saralangan tuxum» deb yozib qo’yibsiz. Qaerda saralagansiz?
— Tovuqxonada, albatta.
— Tovuqlar qarshilik ko’rsatishmadimi?
— Qarshilik ko’rsatgan tovuqlar qo’shni bo’limda sotilyapti.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit