* * *

Bir odam qo’lida karnay bilan tiqilinch avtobusga chiqa olmadi. Shunda bekatda turgan bolakay unga dedi:

— Ko’rdingizmi, amaki? Agar shuning o’rniga nay chalishni o’rganganingizda avtobusdan qolib ketmasdingiz.

* * *

— Oshna, namuncha ko’rinmay ketding? Qaerda eding shuncha vaqt?

— Kasalxonada asablarimni davoladim.

— Nimani davoladim deysan?

— YaRAMAS!!! ASABNI DEDI-I-IM!!!

* * *

Olti yashar qizaloq Qorboboga xat yozgani, xatida oyisiga norkali palto, o’ziga kompyuter sovg’a qilishini so’ragani haqida uyidagilarga ma’lum qildi…

Sal o’tmay, «Qorbobo» choyga tiqilib qoldi…

* * *

Sudda er-xotin ajrashyapti. Ammo ikkalasi ham uch bolani taqsimlash masalasida kelisha olishmayapti.

Er:

— Menga ikki o’g’lim, qizni sen olasan!

Xotin:

— Yo’q, ikki o’g’il meniki, qiz sizga!

Oradan ma’lum muddat o’tib toqati toq bo’lgan xotin eriga dedi:

— Yuring, yaxshisi, bolamiz to’rtta bo’lganda ajrashamiz!

* * *

Xotin eriga dedi:

— Bugun mendan hech narsa so’ramang. Nihoyatda asabiylashyapman.

— Xo’p.

— Ha-a, siz shunaqasiz! Men o’lib qolsam ham sizga baribi-ir!!!

* * *

Xotin eriga dedi:

— Keling, «taksi-taksi» o’ynaymiz! Siz taksi haydovchisi bo’lasiz, men o’n sakkiz yashar qizaloq bo’laman. Men taksingizda manzilimga yetvolaman-u, pulim yo’qligini aytaman. Shunda sizning qanday yo’l tutishingizni, nima deyishingizni ko’raman! Agar yutsangiz… Aytganingiz bo’ladi!..

— Bo’pti.

Xotin:

— Haydovchi og’a, taksingizga to’lash uchun pulim yo’g’idi. Iltimos, meni qo’yvora qoli-ing!

Er qovog’ini uyib dedi:

— Ketaver, qizaloq!

* * *

Xitoyliklar Pentagon kompyuter tizimini buzib kirishdi. Voqea shunday bo’lgandi:

1. Har bir xitoylik bittadan parol terib ko’rdi.

2. Har ikkinchi parol «Mao Szedun» edi.

3. 743571810- urinishdan so’ng kompyuterning o’zi «Mao Szedun»ligini tan oldi.

* * *

Yigit:

— Azizam, iltimos, menga turmushga chiq!

Qiz:

— Men turmushga chiqadigan yigit jasur, aqlli bo’lishi kerak.

Yigit:

— Nima, seni daryoga cho’kayotganingda kim qutqargan? Menmi?

Qiz:

— Albatta, jasurligingizga gap yo’q. Ammo bu aqllisiz degani emas.

Yigit:

— O’v, yaxshilab o’yla, o’shanda sen chiqqan qayiqni kim ag’darib yuborgandi?!.

* * *

Haddan ziyod semirib ketgan ayol bozorda tovuq sotayotgan kampirdan so’radi:

— Xola, tovug’ingizni nima berib boqqansiz?

— Voy, shu tovug’imni sotib olmoqchimisiz?

— Yo’q, menam shu tovuqqa o’xshab ozishni istardim.

* * *

Beshinchi sinfda o’qiydigan bolakay otasiga dedi:

— Dada, menga «Galaksi-6» degan smartfon olib bering!

— Xo’p, qani, sehrli so’zni ayt-chi unda!

— Zarifa.

— Zarifa? U kim?

— Siz oyimga bildirmay uchrashib yuradigan ayol.

— O’, o’g’lim… Shunaqa degin?.. Menga qara, kel, smartfoningga g’ilof ham sotib olamiz!

Olimjon HAYIT tayyorladi