* * *
Hayotda yetarlicha tajriba to’plashga ulgurgan erkakning mulohazasidan:
— Muhabbat nima? Muhabbat bu xotiningga tikilib qolasan-u, «O’ldirib qo’yaymi shu yaramasni?» deb o’ylaysan. Ammo bu ishni ortga suraverasan, suraverasan…
* * *
— Dugonajon, ozib ketibsanmi? Nima bo’ldi?
— E, hammasiga asab sababchi. Erim boshqasini topib olibdi. O’sha jazmaniga bir dunyo pul sarflayapti. Uyga ichib kelib janjal qilgani qilgan!
— Ajrash! Unaqa erni boshingga urasanmi?
— Ajrashaman. Yana besh kilo ozib olay!
* * *
Muallima 5- sinf o’quvchisidan so’radi:
— Qo’lingda o’nta olma bor, yarmisini sinfdoshingga berding. Qancha olma qoladi?
— To’qqiz yarimta.
* * *
Ota talaba o’g’lini urishyapti:
— Qanaqa quloqsizsan? O’qish, bilim olish o’rniga qizlarning orqasidan chopasan-a!?.
— Dada, bilasizmi…
— E, bu yerda ota menmi, senmi?
— Ikkalamiz ham, dada.
* * *
Bank xodimi mijozga dedi:
— Amerikada tog’angiz bo’lgan ekan. Olamdan o’tibdi. Sizga Vashingtondagi hovlisini, o’n million dollar pulini va sevimli itini meros qilib qoldiribdi.
— Menga qarang, o’sha iti zotdormikan ishqilib?
* * *
Ikki montyor simyog’och tepasida o’tirardi. Pastdan qari kampir o’tib qoldi. Montyorlardan biri kampirga dedi:
— Onaxon, yerdagi simni uzatib yuboring!
Kampir simni uzatdi va montyorlardan biri sherigiga dedi:
— Ko’rdingmi, «nol» ekan. Sen bo’lsang, «faza» deganing degan.
* * *
Styuardessa yo’lovchilarga dedi:
— Hurmatli yo’lovchilar! Biz barchangizni samolyotimizga chiqqaningiz bilan qutlaymiz! Bort komandiri birinchi qadahni sizlarning xavfsizligingiz va manzilga eson-omon yetib olishingiz uchun ko’taradi!
* * *
Bo’yoqchi jinnixona devorini bo’yardi. Jinnilardan biri kelib so’radi:
— Cho’tkani mahkam ushlab olganmisan?
— Ha.
— Unda men narvonni ola ketaman.
* * *
Ona besh yashar o’g’lidan so’radi:
— Xola ketyapti. Nima deyish kerak?
— Bilmasam.
— Men doim senga nima deb o’rgatardim?
— «Xayriyat, yaramas ketdi! Yana uydagi kolbasani paqqos tushirdi-ya, ochopat!»
* * *
Erkak jazmaninikiga keldi. Jazmani darrov stol ustiga noz-ne’matlarni qo’yib, erkakka dedi:
— Azizim, oshxonadagi pichoqni o’tkirlab bering!
Erkak pichoqni o’tkirlarkan, o’zicha o’yladi:
— Qiziq, men uyda hech qachon pichoq o’tkirlamaganman. Ammo negadir pichoqlar doim o’tkir bo’ladi. Mening uyimdagi pichoqlarni kim o’tkirlarkin-a?