* * *
Chukcha shamandan qish qanday kelishini so’ragandi. Shaman o’ylab qoldi. Agar issiq keladi desa, chukcha o’tin yig’masligi mumkin. Qish sovuq kelib qolsa-chi?.. Oxiri sovuq keladi deb javob berdi. Keyin vijdoni qiynalib ob-havo ma’lumotlari byurosiga borib mutaxassislardan so’radi:
— Bu yil qish sovuq keladimi, issiq keladimi?
— Sovuq keladi.
— Nega?
— Ana, qara, chukcha o’tin yig’ishga jo’nabdi!
* * *
Chukcha daraxt ustiga chiqib o’zi o’tirgan shoxni arralayotgandi. O’tkinchi unga dedi:
— Hoy, hozir shox sinsa o’zing ham qulab tushasan!
— Qulamayman.
Arralab bo’lgach, shox bilan birga o’zi ham yerga quladi-da, asta o’rnidan turib shivirladi:
— Yaramas o’tkinchi bashoratchi ekan.
* * *
Arman radiosidan so’rashdi:
— Men farzand ko’rishni xohlayman. Erim esa xohlamayapti. Nima qilay?
Arman radiosidagilar o’ylab turib javob qilishdi:
— Farzand ko’ravering, eringiz xohlamasa xohlamas!
* * *
— Dadasi, baribir bir narsaga hayron bo’laman-da!
— Nimaga?
— Mening nimamni sevib qolgansiz?
— Ko’rdingmi, bunga endi o’zing ham hayron bo’layapsan.
* * *
Ayiq daryo bo’yidagi daraxt ustida o’tirib yong’oq chaqardi. Narigi sohilda turgan quyon qichqirdi:
— Ayiqvoy, bu qirg’oqqa suzib o’tgin, o’zr narsa ko’rsataman!
— Yo’q.
— Iltimos, tez suzib o’t! Zo’r narsa ko’rasan!
Ayiq sekin pastga tushdi-da, daryoning narigi sohiliga suzib o’tib quyondan so’radi:
— Xo’sh, nima ko’rsatmoqchi eding?
— Narigi sohilda yong’oqlarning ko’pligini qara!
* * *
Er ishdan uyga kelsa, xotini kitob o’qib o’tiribdi. Undan so’radi:
— Xotinjon, mensiz zerikmadingmi?
— Yo’q, men kun bo’yi Shekspir aka bilan tillashib o’tirdim.
— Shunaqami?.. Ko’rdim.
— Nimani ko’rdingiz?
— O’sha Shekspir akang karavot ustida shlyapasini unutib qoldiribdi.
* * *
Xasis advokatiga dedi:
— Men falonchini sudga bermoqchiman. Agar yordam bersang, senga besh yuz dollar to’layman.
— Yaxshi, guvohlaringizni chaqiring!
Xasis guvohlarni chaqirdi. Ish boshlandi va oradan ma’lum vaqt o’tib, xasis sudda yutib chiqdi.
Advokat:
— Qani, endi va’da qilingan besh yuz dollarni cho’zing!
Xasis:
— Xo’p, sen avval guvohlaringni chaqir!
* * *
Yalmog’iz kampir, O’lmas Kashshey va Uch boshli ajdaho maktabdan qaytdi. Yalmog’iz kampir maqtandi.
— Men bugun «to’rt» baho oldim.
— O’lmas Kashshey:
— Men «besh» baho oldim.
Uch boshli ajdaho:
— Men olti «baho» oldim.
— Qanaqasiga?
— Muallim har bitta boshimga «ikki» bahodan qo’ydi.
* * *
Tabiatshunoslik darsida muallima 1- sinf o’quvchisidan so’radi:
— Nega laylaklar qishda Afrikaga uchib ketadi?
— Negrlar ham farzand ko’rishni xohlashadi-da!
* * *
— Nega to’fonlarni ayollarning ismi bilan nomlashadi?
— Chunki to’fon avvaliga ajoyib va sirli ko’rinadi. Keyinchalik esa mashinang bormi, uying bormi, hammasini o’zi bilan olib ketadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit