Xitoy tug’ruqxonasi eshigi tepasiga shunday so’zlarni yozib qo’yishgandi:
«Bas, yetar!»
* * *
— Allo, militsiyami? Tezda bizga militsionerlar bilan itlarni jo’nating!
— Militsionerlarni-ku jo’natamiz, ammo ikkitagina itimiz bor edi, ular ham kolbasa o’g’irlagani uchun qamalgan.
* * *
Qozog’istonda yashaydigan ayol erini baliq bozoriga kuzatayotib dedi:
— Agar laqqa qimmat bo’lsa, sazan ham olavering!
* * *
Qizaloq keksa bobosidan so’radi:
— Bobojon, kallangiz nega bo’m-bo’sh?
* * *
— Bolajonim, nega egilib olding?
— Men cholman!
— Qaerga ketyapsan?
— Pensiyaga.
* * *
— Kecha jiyanim bilan rosa qittay-qittay qildik. Ertalab o’zimni xuddi onadan qayta tug’ilgandek his etdim.
— Shunchalik maza qildingmi?
— Yo’q, meni karam paykali ichidan topib olishdi.
* * *
Ikki erkak suhbatidan:
— Bilasanmi, salomatligimga Neptun sayyorasi ta’sir ko’rsatyapti. Chunki men shu belgi ostida tug’ilganman.
— Mening salomatligimga esa Uran ta’sir ko’rsatyapti.
— Ie, shu belgi ostida tug’ilganmisan?
— Yo’q, Chernobilda xizmat qilganman.
* * *
Arman va gruzin tanishishyapti:
— Ismim Vano! Bu ruschasiga Vanya degani.
— Meniki Akop. Ruschasiga transheya deyiladi.
* * *
Besh yashar bolakay tengdosh qizga dedi:
— Menga turmushga chiq! Evaziga velosipedimda sayr qilishingga ruxsat beraman!
* * *
Yangi boyning o’g’li uyga sevgan qizini olib kelib, onasiga dedi:
— Oyi, bu qizning ismi Sharofat. Uy yig’ishtirish, ovqat tayyorlashni qotiradi.
— Shunaqami? Bo’pti, kuniga o’n dollardan to’layman. Seshanba, juma kunlari ishlaydi. Ertadan ishni boshlayversin!
* * *
Kurortga ketayotgan erdan xotini so’radi:
— Dadasi, nega nikoh uzugingizni taqmabsiz?
— E, u yoqlar issiq bo’lsa. Shunday issiqda uzukka balo bormi?