* * *
Sklerozning eng og’ir formasi begona ayolni uyingga olib kelding-u, nima maqsadda olib kelganingni unutib qo’yishdan iboratdir.
* * *
Birga yashaganlariga 75 yil to’lishi munosabati bilan bayram qilayotgan chol kampiridan so’radi:
— Menga qara, 75 yil ichida biz sen bilan o’n o’g’ilni voyaga yetkazdik. Hammasi bir-biriga o’xshaydi-yu, faqat birinchisi boshqalaridan sal farq qiladi-da! Yo qachonlardir menga xiyonat qilganmisan-a?
— Chol, tan olaman, qachonlardir gunohga botganman.
— Xo’sh, birinchi o’g’lingning otasi kim?
— Siz.
* * *
— Og’ayni, guldastang zo’r-ku! Kimga atab olding?
— Sevgilimga.
— Zo’r, rosa xursand bo’lsa kerak?
— Afsuski, yo’q!
— Nega?
— Men bu guldastani uning qabriga olib ketyapman.
* * *
Boyvachchaning xotini eriga dedi:
— Dadasi, men sizning eski, yirtilib qolgan kostyumingizni axlatga tashlab yubordim!
— Nima?.. Jinnimisan? Endi men soliq idorasiga nima kiyib boraman?
* * *
Tiqilinch avtobus. Kal novcha erkakning tizzasiga qapishib qolgan. Oradan birmuncha vaqt o’tib kalning boshiga suv tomchilagandek bo’lib u novchadan so’raydi:
— Bozordan bodring oldingizmi deyman?
— Yo’q, kuchuk sotib olganman.
* * *
Xotin eriga dedi:
— Anavi yo’lning narigi chetidagi qo’shnilarga hech qachon yeta olmasak kerak. Qarang, ularning uyini o’g’rilar ikki marta o’marib ketishdi. Biznikiga bo’lsa, hali bir martayam o’g’ri tushgani yo’q.
* * *
Erkak do’stiga dedi:
— Men uzoq vaqt o’yladim. Lekin baribir uylandim. Kir yuvish, oshxonada ovqatlanish va yirtiq paypoqda yuraverish jonimga tegib ketdi.
— Qara-ya, men xuddi shu sabab tufayli xotinim bilan ajrashgandim.
* * *
Yangi boyga vrach kasali og’irligini, bir yilgina umri qolganini aytgach, u folbinga kirib maslahat so’radi.
Folbin unga shunday maslahat berdi:
— Sen «Mersedes»ingni sotgin-da, o’rniga «Zaporojes» sotib ol. Xotining bilan ajrashib, gadoymi, piyonistami, shunga o’xshaganiga uylan. Uyingni sotib shahar chetidan kichik bir uycha ol.
— Shunday qilsam, uzoqroq yashaymanmi?
— Yo’q, o’sha qolgan bir yil umring yuz yilga tatiydi.
* * *
Direktor yordamchisi lavozimiga ishga kirayotgan erkakdan so’rashdi:
— Tasavvur qiling. Ikki kishilik mashinada ketyapsiz. Yo’lda uch yo’lovchi sizni to’xtatib, olib ketishni iltimos qildi. Ularning biri rahbaringiz, ikkinchisi o’rta yashar ayol, uchinchisi yosh qiz. Qanday yo’l tutardingiz?
— Mashinadan tushib kalitni rahbarimga berardim va o’rta yashar ayolni olib ketishini iltimos qilardim. O’zim esa, yosh qiz bilan qolardim.
* * *
— Sizga nima bo’ldi?
— Lotereyaga o’n million so’m yutib oldim. Lekin xotinga aytishga qo’rqayapman.
— Nega qo’rqasiz?
— Chunki, u baribir yigirma million yutgan deb o’ylaydi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit