Beshinchi sinf o’quvchisidan sinfdoshi so’radi:
— Eshmat, namuncha xursandsan? Nima bo’ldi?
— Kecha yuqori qavatdagi qo’shnimiz uyimizga suv toshirib yubordi.
— Shuning uchun xursand bo’lish kerakmi?
— Yo’q, xursand bo’lganimning boisi, kundaligim suvga cho’kib ketdi.
***
Yangi boy xodimlarini to’plab dedi:
— Bu yil hammalaring juda yaxshi ishladilaring! Shuning uchun har biringizga ikki yuz ming dollardan mukofot berish haqida buyruq chiqaraman. Agar kelasi yili ham xuddi shunday ishlasalaring, o’sha buyruqqa sira o’ylab o’tirmasdan imzo chekaman.
***
Muallima ikkinchi sinfda o’qiydigan Toshmatdan so’radi:
— Hayratga soladigan tasodif haqida biror misol ayta olasanmi?
— Ha, aytishlaricha, dadam bilan oyimning to’yi bir kunda bo’lgan ekan.
***
Arman radiosiga savol:
— Oilali erkak oilasiz erkakdan nimasi bilan farqlanadi?
— Oilasiz erkak uy yumushlarini o’zi xohlab bajaradi, oilali erkakni esa bu ishni bajarishga xotini majburlaydi.