KUN KULGISI…

 

 

* * *

Bashang kiyingan bir bosqinchi sekin bankdagi hisobchi qizga yaqin bordi-da, unga bir xat tutqazdi. Xatda shunday deb yozilgandi:

— Hamma pullarni xaltaga joylab, sekin mening qo’limga topshiring!..

Qiz boshqa qog’ozga shunday javob xati yozib o’g’riga uzatdi.

— Bo’yinbog’ingizni to’g’rilab oling! Sizni suratga olishyapti!

 

* * *

 

Turma yonidan o’tib ketayotgan go’zal bir qizga mahbuslar panjara ortidan turib qichqirishdi:

— Yaxshi qiz!.. 2050 yil kechqurun soat yettida bo’shmisiz?

 

* * *

 

Xaridor sotuvchiga baqirdi:

— Bu qanday insofsizlik? Menga shikoyatlar kitobini olib keling!

— Nechanchi tomini?

 

* * *

 

Ota o’g’liga dedi:

— Esingda bo’lsin, aqlli odam hamisha har bir narsaga shubha bilan qaraydi. Aqlsizlar esa hamma narsaga ishonib ketaverishadi.

— Ishonchingiz komilmi?

— Albatta.

 

* * *

 

Keksa xasis notariusga kirib so’radi:

— Men vasiyatnoma qolldirmoqchiydim. Siz bilan maslahatlashib olsam bo’ladimi?

— Ha.

— Ayting-chi, «Hech biring hech vaqo olmaysan» degan gap qo’shib yoziladimi, ajratibmi?

 

* * *

 

Baliqchi sherigining xotinidan so’radi:

— Eringiz ko’rinmaydi? Qaerda?

— Kasalxonada. Ahvoli juda og’ir.

— Ie, bugun ovga bormaydimi?

 

* * *

 

Gruzin do’stinikiga kelsa, u beliga arqon boylab olibdi. Hayron bo’lib so’radi:

— Nima qilyapsan?

— O’zimni osmoqchiman.

— Ie, unda arqonni bo’yningga boylamaysanmi?

— Bo’ynimga boylasam, nafasim qaytyapti.

 

* * *

 

Universitet professori imtihonda abiturientga dedi:

— Menga Jon Milton haqida gapirib bering!

— U uylangach, «Yo’qotilgan jannat» asarini yozgan. Xotini olamdan o’tgandan so’ng «Qaytarilgan jannat» asarini yaratgan.

 

* * *

 

O’g’il otasidan so’radi:

— Dada, go’sht yeyish odamni qaritadimi?

— Ha, lekin go’sht yegan odam sakson yoshdan keyin qariydi.

— Go’sht yemagan-chi?

— Qirq yoshdan keyin.

 

* * *

 

Xotin eriga dedi:

— Voy, tuz polga to’kildi. Endi janjallashib qolamiz.

— Balki janjallashmasmiz?

— Yo’q, fe’lim aynib bo’ldi. Janjallashmasak bo’lmaydi!

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t. me/olimjonhayit