* * *
Qassobning eng sadoqatli mijozlaridan biri undan so’radi:
— Qassob aka, nevarali bo’libsiz, tabriklayman!
— Rahmat!
— Bola necha kilo tug’ildi?
— Suyagi bilan hisoblaganda, 4, 5 kilo.
* * *
Er xotiniga dedi:
— Men kostyumimni dazmollab qo’y degandim. Nega dazmollamading?
— Dazmollaganman.
— Aldama, cho’ntagimda yuz dollar boridi, haliyam turibdi.
* * *
Sudya:
— Sudlanuvchi, birinchi xotiningiz nimadan o’lgan?
— Qo’ziqorindan.
— Ikkinchi xotiningiz-chi?
— Uyam qo’ziqorindan o’lgan.
— Uchinchisi-chi?
— Miya chayqalishiga uchragan.
— Sabab?
— Qo’ziqorin yeyishni xohlamagandi.
* * *
Bolakay otasidan so’radi:
— Nega xo’rozlar juda erta qichqirishadi?
— Chunki tovuqlar uyg’ongach, ularning ovozini eshitib bo’lmay qoladi.
* * *
— Dadasi, nega bugun kechasi meni hadeb «Nadyaxon» deb chaqiraverdingiz? Kim u Nadyaxon?
— Ishonasanmi, shu kechasi tushimda men Leninga aylanib qolganmishman!
* * *
Qizaloq maktabdan keldi. Onasi so’radi:
— Xo’sh, bugun maktabda nimani o’rgandinglar?
— Biz bugun «Qizil Shapkacha»ertagini o’qidik.
— Bu ertak nimani o’rgatarkan?
— Buvilarimizning tashqi ko’rinishi qanday bo’lganini o’rgatarkan.
* * *
Muzeyda.
— Hoy, og’ayni, bu yerga nega o’tirib oldingiz? Axir, bu haykal Aleksandr I niki-ku!
— Namuncha baqirasan? O’sha Aleksandring kelsa, bo’shatib beraman haykalini.
* * *
Choli olamdan o’tgach, bir oydan so’ng kampirning uyiga radio o’rnatib berishdi. Erta tongda radiodan yoqimli tovush eshitildi:
— Xayrli tong!
Kampir (atrofga alanglab):
— Voy, kim u?.. Xayrli tong!.. Hali tong yorishmasdan kelibsiz? Tinchlikmi? Qaerdasiz o’zi?
* * *
Leytenant askardan so’radi:
— Tasavvur qil, urush ketyapti. Bizning temir yo’llarimiz dushman qo’liga o’tib qolmasligi uchun qanday yo’l tutgan bo’larding?
— Chiptalarning hammasini yoqib yuborardim.
* * *
Er Afrika safaridan qo’lida yangi tug’ilgan qora tanli chaqaloq bilan qaytdi. Xotini uni ko’rib, baqirdi:
— Bu nimasi?! Shundog’am uch bolani boqolmay, qiynalyapmiz! Buni qanday boqamiz?
— Xavotir olma, amallaymiz! Bu bola katta bo’lsa, farzandlarimizni inglizcha gapirishga o’rgatadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit