KUN KULGISI!!!

* * *

Er uyqusirab xotiniga dedi:

— Iltimos, televizorni o’chirib qo’y!

— Dadasi, ilojim yo’q. Biz kinoteatrda o’tiribmiz.

* * *

Ayol dugonalariga bolalikdagi suratini ko’rsatyapti. Suratda jajji qizaloq keksa kampirning tizzasida kulimsiragancha o’tirardi. Ayol:

— Xo’sh, sizlarga suratim yoqdimi?

— Juda yoqdi… Aytgancha, bu jajji qizaloq kim edi?

* * *

Vrach bemordan so’radi:

— Sizni operatsiya qilishdimi?

— Ha.

— Xo’sh, qanday bo’ldi?

— Uch yuz ming so’m.

— Men operatsiya qanday o’tganini so’rayapman.

— Faqat yuz ming so’m.

— Yana tushunmadingiz. Nimadan shikoyatingiz bor? Shuni ayting.

— Operatsiya narxi juda qimmat ekan.

* * *

Jinni piyonista tanishiga dedi:

— Bir vrach tanishim bor. O’sha aytdiki, ichkilik umrni ikki barobarga qisqartirarkan.

— Bo’lishi mumkin.

— Sening yoshing nechada?

— O’ttizda.

— Ko’rdingmi, agar ichmaganingda hozir yoshing o’ttizdamas, oltmishda bo’lardi.

* * *

Ikki qariya istirohat bog’idagi o’rindiqlardan birida o’tirardi. Bir mahal yonlaridan o’n sakkiz yashar go’zal qiz o’tib ketdi. Qariyalardan biri og’ir xo’rsinib dedi:

— Eh, hozir o’n sakkiz yoshda bo’lib qolsam bormi…

— Jinnimisan? Qayoqdagi o’n sakkiz yoshni deb yana qirq yil qora terga botib mehnat qilasanmi?

* * *

Keksa juhudning xotini o’lim yoqasida. U eridan so’radi:

— Dadasi, men olamdan o’tsam, boshqasiga uylanasizmi?

— Yo’q, Sara, hech qachon.

— Voy, nega?

— Chunki sendan yaxshisini topa olmayman… Senga o’xshagani esa sirayam kerak emas.

* * *

Shirakayf erkak do’konda bir shisha aroq sotib oldi-da, o’ziga o’zi dedi:

— E, vrachning maoshiga mundoq ko’ngildagidek kayf ham qilib bo’lmaydi.

Sotuvchi:

— Ie, siz vrachmisiz?

— Kallang joyidami? Men emas, xotinim vrach.

* * *

Sutchi erta tongda o’g’lidan so’radi:

— Bugun sutga suv aralashtirdingmi?

— Ha.

— Bu ish yaxshi emasligini bilmasmiding, yaramas?

— Axir, o’zingiz tayinlagansiz-ku!

— Bekorlarni aytibsan! Men senga avval idishga suv quy, ana undan keyin suvga sut aralashtir deganman. Biz xaridorlar oldiga toza vijdon bilan borishimiz kerak, o’g’lim!

* * *

Erkak ot qo’shilgan aravada qishloq o’rtasiga keldi-da, baqira boshladi:

— Odamlar!!! Ko’mir keldi! Kep qoling! Ko’mir olib keldim!

Shunda ot ortga o’girilib, tilga kirdi:

— Yolg’on gapirishga uyalmaysizmi, xo’jayin? Ko’mirni siz emas, men olib keldim-ku!

 * * *

Muxbir havaskor ovchidan so’radi:

— Siz qachondan fil ovlay boshlagansiz?

— Aslida kapalak tutishga chiqqandim. Afsuski… Ko’zoynagimni unutib qoldirgan ekanman.

* * *

Ofitserning o’g’li dadasidan so’radi:

— Dada, sizga ishxonangizda nima uchun pul to’lashadi?

— Unvon va lavozim uchun.

— Ish uchun-chi?

— Ish uchun, o’g’lim, hayfsan olaman.