O'zbekistonlik harbiy bokschilar Jahon chempionatida 7 ta medalga ega chiqishdi

18-25 sentyabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida harbiy bokschilar o’rtasida Jahon chempionati tashkil etildi.

Musobaqada jahonning 36 mamlakatidan 292 nafar bokschi ishtirok etdi. Ular qatorida o’zbekistonlik charm qo’lqop ustalari ham ishtirok etishdi va 7 ta medal qo’lga kiritishdi.

Terma jamoa safida quyidagi bokschilar sovrindor bo’lishdi:

Oltin:

-60 kg: Shunqor Abdurasulov

+91 kg: Lazizbek Mullojonov

-75 kg: Mavluda Mavlonova

Kumush:

-64 kg: Mujibillo Tursunov

Bronza:

-51 kg: Aziza Yoqubova

-60 kg: Rayhona Qodirova

-69 kg: Navbahor Hamidova