KUN KULGISI !!!

***

E’lon:

— Rossiyada yangi bayram tashkil etildi. “Hushyorlar kuni”. Ammo… Odamlar bu bayramni qanday nishonlashni bila olmay halak…

 

***

Chukchadan so’rashdi:

— Agar yo’ldan 10 million dollar pul topib olsang, nima qilarding?

— Xursand bo’lardim.

 

***

Er xotiniga dedi:

— Kel, bir narsaga kelishvolamiz! Mana shu pishirgan ovqatingni men zo’r deb baholayman. Sen esa qaytib shu ovqatni hech qachon pishirmaysan!

 

***

Erkak mushugiga dedi:

— Ishonasanmi, kennoying uch egizak tug’ibdi!

Mushuk javob qildi:

— Tashvish chekavermang, xo’jayin, zo’r kelsa, qo’shnilarga tarqatib yuboramiz!

 

***

Beshinchi sinf o’quvchisi sinfdoshidan so’radi:

— Sen timsoh va maymunlarni tush ko’rganmisan?

— Hech qachon ko’rmaganman.

— Bir marta ko’rgin, gap yo’q tush ekan.

 

***

Saksondan oshgan ikki kampir ko’p qavatli uy ro’parasidagi o’rindiqlarning birida o’tiribdi. O’tira-o’tira, biri ikkinchisidan so’radi:

— Mening otim nimaydi-a?

— Senga hozir aytishim kerakmi yo ertaga aytsam ham maylimi?

 

***

Er xotiniga SMS yozdi:

— Ishda oyoqlarim kutilmaganda og’rib qoldi. Shahnoza kasalxonaga olib keldi. Ikkala oyog’imniyam kesib tashlasharkan.

Xotin ham eriga SMS yozdi:

— Kim u Shahnoza?

 

***

Er xizmat safaridan qaytgach, shkaflarni, balkonni, karavot ostini qarab chiqdi va xotinining yoniga o’tirib dedi:

— Ha-a, azizam, qariyapsan!

 

***

Nostradamus mushugining bo’ynidan siqib boshini gilamga ishqalarkan, jahl aralash so’radi:

— Ayt, yarim soatdan keyin kim gilam ustini iflos qilib qo’yadi-a?..

 

***

To’rt yashar bolakay dadasidan so’radi:

— Dada, sizning bo’yingiz yana o’sadimi?

— Yo’q, bolam, endi mening bo’yim o’smaydi.

— Unda nega ovqat yeyapsiz?