***
Olti yashar qizaloq qandolatchilik fabrikasiga kirdi-da, xodimlardan biriga dedi:
— Menga odam shaklidagi shokolad bering!
— Xo’p, senga o’g’il bolasidan beraymi, qiz bolasidanmi?
— O’g’il bolasidan. Unda shokolad ko’proq bo’ladi.
***
Gadoy navbatdagi kvartira eshigini taqillatdi. Eshik ochilib qarshisida erkak paydo bo’ldi.
— Uch soat oldin eshigingizni taqillatganimda, kennoyi chiqib menga o’zi pishirgan pirogdan beruvdi. Sizam xudo yo’liga sadaqa qiling, oka!
— Xotinim pirog bergan bo’lsa, bizni kechiring! Ammo… Men nima bera olishim mumkin? Faqat ichketarga qarshi dori bera olaman!
***
Erkak beshinchi sinfda o’qiydigan o’g’lidan so’radi:
— Dzin, dzin, miyov, miyov! Bu nima degani?
— Tramvay mushukni bosib ketdi degani.
— Juda to’g’ri. Dzin, dzin, vov-vov! Bu nima degani?
— Tramvay itni bosib ketdi degani.
— Topolmading. Bu oying ishdan qaytdi degani.
***
Bolakay ona tarafdan buvisini juda yomon so’z bilan haqoratladi. Shu zahoti otasidan kaltak yedi. Ammo otasi qattiq urmadi… Shunga kelishishgandi.
***
Ayol dugonasiga dedi:
— Kecha erim yashshamagur uyimizga borib dadamga “Siz qizmas, ilon o’stirgan ekansiz!”, debdi.
— Keyin-chi? Dadang nima debdi?
— Dadam boplabdi. “Men shunchaki ilon o’stirmadim, balki qirollik kobrasini o’stirganman”, debdi.
***
Qaynona kelinidan so’radi:
— Kelinposhsha, buqaga biror nima berdingizmi?
Kelin lab burib javob qildi:
— Yo’q, o’g’lingiz hali uyqudan turmadi.
***
— Dada, uxlamayapsizmi? Menga o’n ming so’m bering!
— Uxlayapman, bolam, uxlayapman!
***
Er xizmat safaridan qaytgach, hammayoqni titkilab chiqdi. Hech kimni topa olmagach, olti yashar o’g’lidan so’radi:
— Bolam, men yo’g’imda begona amakilar uyimizga kelishganmi?
— Yo’q.
— Senga konfet hadya qilishganmi?
— Ha.
***
Kampir o’n yashar nevarasiga dedi:
— Bolam, yo’talganingda og’zingni kafting bilan yopib olishni o’rgangin!
— Qo’rqmang, buvi, men yo’talganimda, siznikiga o’xshab tishlarim pastga uchib tushmaydi.
***
Bolakay dadasiga dedi:
— Dada, yuring, sirkka boraylik!
— Vaqtim yo’q.
— Sirkda-chi, ketvorgan bir ayol yo’lbarsni minib tomosha ko’rsatarmish!
— Yo’lbarsni minib? Qiziq… Mayli, boraylik-chi, anchadan beri yo’lbars ko’rmagandim!